Xolmurodov Jamshidbek Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Donador ammoniy sulfat olishning energiyatejamkor texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3439.
Ilmiy rahbar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlar doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Dexkanov Zulfikaxar Kirgizbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Rasulov A’zamjon Avazjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy tabiiy gips va fosfogipsni ammoniy karbonatli konversiya qilish yo‘li bilan donador ammoniy sulfat olishning energiyatejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ammoniy karbonat eritmasini reaksion zonaga bosqichli kiritilishi natijasida, komponentlar ta'sirlashuv vaqti 30 daqiqagacha kamaytirilgan va kalsiy sulfatni konversiya darajasi 97-98% shuncha yuqori bo‘lishi aniqlangan;
ammoniy sulfat eritmasi ishtirokida reaksiya massasini aylanma oqimini hosil qilish natijasida yaxshi filtrlanadigan 1824 kg/m2·soat va 1058 kg/m2·soat kalsiy karbonat kristallarini hosil bo‘lishi aniqlangan;
ammoniy sulfatni 33-35%li konversion eritmasini ichki reaksion issiqlik ya'ni, sulfat kislotani ammiak bilan neytrallash jarayonida hosil bo‘ladigan issiqlik asosida 46-51% li to‘yingan holatigacha o‘tkazilishi aniqlangan;
rentgenafazali, IQ-spektroskopik va fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida donadorlangan ammoniy sulfat olishning maqbul tarkibi aniqlangan;
donador ammoniy sulfat olishning moddiy sarf hisobi tuzilgan, donadorlash, quritish va sovutish jarayonlarini optimallash orqaliintegratsiyalashgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy tabiiy gips va fosfogipsni ammoniy karbonatli konversiya qilish usulida donador ammoniy sulfat olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy gipsni ammoniy karbonat eritmasi bilan konversiya qilish asosida donador ammoniy sulfat olish texnologiyasi "Elektrokimyozavod" AJ-QKning “2023-2024 yillarda joriy etiladigan istiqbolli ilmiy ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” AJ-QKning 2023 yil 23 maydagi 95-son ma'lumotnomasi). Natijada, donador shakldagi azot va oltingugurtli o‘g‘it va qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun xom ashyo kalsiy karbonat (bo‘r) ishlab chiqarish imkonini beradi;
fosfogipsni ammoniy karbonat eritmasi bilan konversiya qilish yo‘li bilan donador ammoniy sulfat olish texnologiyasi "Elektrokimyozavod" AJ-QKning “2023-2024 yillarda joriy etiladigan istiqbolli ilmiy ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” AJ-QKning 2023 yil 23 maydagi 95-son ma'lumotnomasi). Natijada, donador shakldagi N-S tarkibli ozuqa moddalarini saqlovchi mineral o‘g‘it va qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun xom ashyo kalsiy karbonat (fosforli bo‘r) ishlab chiqarish imkonini beradi.