Xidirov Muhiddin Shermamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo viloyati xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida aholi bandligining hududiy xususiyatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Gr161.
Ilmiy rahbar: Safarova Nasiba Irankulovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, professor; Muhammedov Odil Lapasovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyati xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida aholi bandligining hududiy xususiyatlarini aniqlash va takomillashtirish, aholi bandligini ta’minlashning samarali echimlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatida xizmat ko‘rsatish sohalarining hududiy joylashuvi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, infratuzilma, siyosiy, ekologik omillari aniqlangan; 
ArcGIS 10.8.1 dasturida asosida 1:1140000 masshtabda Qashqadaryo viloyatida xizmat ko‘rsatish tarmoqlari hududiy joylashuvi va unda aholi bandligi xaritalari yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatida xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojlanishining holati, asosiy muammolari va imkoniyatlari, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida aholi bandligi darajasi sotsiologik so‘rov asosida baholangan va u bilan bog‘liq muammolar aniqlangan; 
Qashqadaryo viloyati xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida aholi bandligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilangan hamda hududiy tarkibi takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qashqadaryo viloyati xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida aholi bandligining ijtimoiy-demografik omillari va hududiy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Qashqadaryo viloyatida xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojlanishining holati, asosiy muammolari va imkoniyatlari, shuningdek, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida aholi bandligi muammolari va aholi bandligini sotsiologik so‘rov asosida baholash Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliy faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyundagi 05-48-6/10 son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat aholisining bandlik darajasini oshirish hamda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarning hududiy rivojlanish holatini tartibga solish imkonini bergan;  
Qashqadaryo viloyatida xizmat ko‘rsatish tarmoqlari hududiy joylashuvi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida aholi bandligining ArcGIS 10.8.1 dasturida ishlangan 1:1 140 000 masshtabdagi xaritalari Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyundagi 05-48-6/10 son ma’lumotnomasi). Natijada, xizmat ko‘satish tarmoqlarining hududiy holati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning rivojlanganlik darajasi, aholining xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida bandligini rejalashtirish imkonini bergan; 
Qashqadaryo viloyatida xizmat ko‘rsatish sohalarining hududiy joylashuvi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi aniqlangan omillar Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliy faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyundagi 05-48-6/10 son ma’lumotnomasi). Natijada, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida aholi bandligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini yanada aniqlashtirish imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyatida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida aholi bandligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyundagi 05-48-6/10 son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyatida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini kengaytirish va aholi bandligi muammosini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish