Oxunboboeva Charos Zuxriddin qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan obektlarni ko‘p mezonli optimallashtirish masalalarida qarorlarni qo‘llab-quvvatlashning intellektual algoritmlari”, 05.01.08-“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3653
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kabildjanov Aleksandr Sabitovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Otabek Mirhalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Alimova Gulchexra Raximjonovna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan obektlarni boshqarish samaradorligini ta’minlovchi ko‘p mezonli optimallashtirish masalalarida robast modellashtirish va qarorlarni qo‘llab-quvvatlashning intellektual algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligi obektlari dastlabki ma’lumotlarini robast qayta ishlash asosida regressiya tenglamalar sinfiga identifikatsiyalash algoritmlari ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi obektlarining chiqish parametrlari orttirmalarini oshirishga asoslangan, funksional cheklovlarni optimallashtirish modeli ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi obektlarini minimaks va o‘rtacha darajali konvolyusiya usullari asosida ko‘p mezonli optimallashtirish masalasini robast sintezlash algoritmi ishlab chiqilgan;
afzallik funksiyasi asosida qishloq xo‘jaligi obektlarini ko‘p mezonli optimallashtirish masalasida qaror qabul qilishni intellektual qo‘llab-quvvatlovchi algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan obektlarni ko‘p mezonli optimallashtirish masalalarida qarorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan intellektual algoritmlar, usullar va dasturiy ta’minot asosida:
qishloq xo‘jaligi obektlarini strukturaviy-parametrik identifikasiyalash va ko‘p mezonli optimallashtirish asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmuasi “Raximjon” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi 07/34-05/5388 yil 23 oktyabrdagi ma’lumotnomasi).
Paxtani sug‘orish tizimining optimal reglamenti hamda tuproqga ishlov beruvchi meliorativ texnika parametrlarini optimallashtirish natijasida paxtaning o‘rtacha hosildorligini 0,9 Sr/Ga oshirish imkonini bergan.