Mirzaeva Gulmira Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ikki o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarga asoslangan tanib olish algoritmlari», 05.01.03 – «Informatikaning nazariy asoslari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1098.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Fozilov Shavkat Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Muxamadieva Dilnoza Tulkinovna, texnika fanlari doktori, professor; Bekmuratov Qosim Allaberdievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikki o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarni qurishga asoslangan tanib olish operatorlarining modellarini ishlab chiqish va ularni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ajratish tamoyilidan foydalanib ikki o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarni qurishga asoslangan tanib olish operatorlarining modeli ishlab chiqilgan;
obektlar orasidagi yaqinlik bahosidan foydalanib ikki o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarni qurishga asoslangan tanib olish operatorlarining modeli ishlab chiqilgan;
ikki o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarni qurish asosida taklif qilingan tanib olish modellarining har biri uchun algebraik tutashuv doirasida korrekt va turg‘un tanib olish operatori (algoritmi) ishlab chiqilgan;
ikki o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarni qurishga asoslangan tanib olish operatorlari modellarining har biriga mos keladigan parametrik fazolarda ekstremal tanib olish operatorini qurish uchun hisoblash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Obektlar orasidagi yaqinlik bahosidan foydalanib ikki o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarni qurishga asoslangan tanib olish operatorlarining modeli asosida yaratilgan dasturiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Samarqand filialiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqiotlar va islohotlar markazining 2023-yil 17-avgustdagi № 02-195-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hududlar obektlarining ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish darajasini tahlil qilish masalani echish uchun ketadigan vaqtni o‘rtacha 19% ga qisqartirish imkonini bergan.
Ajratish tamoyilidan foydalanib ikki o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarni qurishga asoslangan tanib olish operatorlarining modeli asosida yaratilgan dasturiy majmua Jizzax viloyati Sh.Rashidov tuman “Tilov bobo” fermer xo‘jaligining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Jizzax viloyati xokimligining 2023-yil 21-sentyabrdagi №05-926-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘simliklarning barg tasviri bo‘yicha fitosanitar holatini tanib olish uchun sarflanadigan vaqtni 15% ga qisqartirishga erishilgan.