Jovlieva Dilfuza Tilovovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kartoshka X virusi diagnostikasi uchun IFA to‘plamini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish”, 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B430.
Ilmiy rahbar: Fayziev Voxid Baxromovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, PhD.03/14.07.2022.B/Qx.10.06.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Ibrohim Xomidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Makamov Abdisalom Hasanboevich, PhD, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kartoshka X virusiga yuqori titrli poliklonal zardob olish va bu asosida muqobil immunoferment analiz usulini ishlab chiqish hamda virus diagnostikasida qo‘llash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virusni ajratish hamda biologik tozalashda Datura stramonium f tatula o‘simligidan foydalanildi hamda tozalangan virus preparatini olish jarayoni bosqichlarini nazorat qilish va tozalik darajasini aniqlashda o‘simlik peroksidazasidan foydalanildi;
O‘zbekiston iqlim sharoitida tarqalgan KXV-O izolyati ORFs5 geni asosida molekulyar-genetik identifikatsiya qilindi va KXV xos ekanligi isbotlandi;
KXV iga spesifik zardob tayyorlashda sikloferon immunomodulyatoridan foydalanildi hamda uning quyon organizmida virusga nisbatan paydo bo‘lgan immun xotira davomiyligini 60 kungacha o‘zgarmas saqlab turishi isbotlandi;
tayyorlangan spesifik zardob asosida virus diagnostikatisyasi uchun IFA usuli muqobillashtirildi hamda amaliyotda qo‘llanildi;
ishlab chiqilgan IFA (DAS-ELISA) usuli yordamida virusga chidamli bo‘lgan Folva, Romantika, Piskom, Aureta, C-02, C-5, C-12, C-2 kabi kartoshka nav va klonlari aniqlandi hamda seleksionerlarga virusga chidamli navlar yaratish uchun tavsiya etildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kartoshka X virusi diagnostikasi uchun IFA to‘plamini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mamlakatimizda tarqalgan KXV-O izolyati aniqlanib, uning pasporti yaratildi va O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida mavjud bo‘lgan “Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar noyob ilmiy obekti kolleksiyasi” genofondiga topshirilgan (O‘zR FA ning 2023 yil 26 may 4/1255-1137-sonli ma’lumotnomasi) hamda ushbu yo‘nalishda olib boriladigan ilmiy-tadqiqotlar uchun foydalanish imkoniyati yaratildi;
KXV uchun ishlab chiqilgan IFA usuli yordamida “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti” kartoshka kolleksiyasida mavjud nav va namunalar tuganaklari kartoshka X virusiga tekshirildi hamda ekin maydonida virus epifitotiysining oldi olindi hamda virussiz kartoshka ekuv materiallarini olishga erishildi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023 -yil 5-iyundagi 05/05/2718-son-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish