Kuziev Abdimurot Urokovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Hududdagi yuk oqimlarini transport tarmog‘ida optimal taqsimlash va ularni rivojlantirish uslubiyoti”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T482.
Ilmiy maslahatchi: Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, prof. Ilesaliev Daurenbek Ixtiyarovich;; texnika fanlari doktori, prof. Maxkamov Kabul Xamdamovich; texnika fanlari doktori, dots. Ro‘zimov Sanjarbek Komilovich.
Yetakchi tashkilot: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududdagi yuk oqimlarini er usti-avtomobil va temir yo‘l transporti tarmog‘idan samarali foydalangan holda o‘zlashtirish hamda ularni kelajakdagi yuk oqimlarini o‘sishi (dinamikasi)ga mos ravishda rivojlantirish uslubiyotini ishlab chiqish va ko‘rilayotgan hudud misolida mazkur masalani echimini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududdagi er usti transportining samarali o‘zaro faoliyatini ta’minlash uchun Ford-Falkerson teoremasi asosida oqimlarning kelajakdagi o‘sishini hisobga olgan holda transport tarmogʻida yuk oqimlarni taqsimlashni optimallashtirish va ularni rivojlantirish masalasining matematik model ishlab chiqilgan;
tadqiq etilayotgan hududning umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini hisobga olgan holda evrestik dasturlash g‘oyasi asosida rejalashtirish amaliyotida birinchi marta viloyat erusti transporti multitarmog‘i ishlab chiqilgan;
bir transport turidan boshqasiga qayta yuklash imkoniyatini hisobga olgan holda graflar nazariyasi asosida transport turlari tutashgan joylar hudud multitarmog‘ida mos ravishda bir nechta cho‘qqilarni birlashtiruvchi yoylardan iborat qo‘shimcha tarmoq kiritilgan;
avtomobil va temir yo‘l uchastkalarida tashish, yuk jo‘natish va qabul qilish manzillari va stansiyalaridagi operatsiyalarni hisobga olgan holda tarmoq samaradorligini baholashning jamlovchi usuli asosida boshlang‘ich-so‘nggi operatsiyalarni bajarish xarajat ko‘rsatkichlarini aniqlash uslublari ishlab chiqilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda korrelyasiya-regressiya tenglamalari asosida transportdan foydalanish ko'rsatkichlarining yo'l tarmog'ining transport - ekspluatatsion holatiga bog‘liq bog'lanishlari olingan;
harakat jadalligi kichik bo‘lgan sharoitlarda transportdan foydalanish ko‘rsatkichlar tizimi va transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda tarmoq samaradorligini baholashning jamlovchi usuli asosida hudud avtomobil yo‘l tarmog‘ini rivojlantirishning metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududdagi yuk oqimlarini er  usti-avtomobil va temir yo‘l transporti tarmog‘idan samarali foydalangan holda o‘zlashtirish borasida olib borilgan ilmiy-tadiqiqot ishi natijalari asosida:
hudud yuk oqimlarini tarmoqda optimal taqsimlashga oid ishlab chiqilgan  erusti transport  multitarmog‘i, algoritmlar va dasturiy ta’minot ko‘rinishidagi instrument vositalari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 24-fevraldagi 2/1032-1419-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashish tannarxini 19,7% ga kamaytirishga erishilgan;
avtomobil va temir yo‘l transport tarmoqlari o‘zaro tutashgan manzilda yukni bir transport turidan tushirib boshqasiga qayta yuklash faoliyatini multitarmoqqa qo‘shimcha yoylar kiritish asosida ifodalash usuli tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 24- fevraldagi 2/1032-1419-son ma’lumotnomasi). Natijada, aralash tashish tizimida boshlang‘ich-so‘nggi operatsiyalar xarajatlarini hisobga olish imkoni yaratilgan bo‘lib, hududdagi  yuk tashishlarda  transport turi va tarmoqlaridan foydalanish yo‘nalishlari  aniqlangan;
avtomobil yo‘li tarmog‘ining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari oshirilishi lozim bo‘lgan uchastkalarini aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari hududiy Bosh boshqarmasi tizimidagi yo‘l korxonalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 24-fevraldagi 2/1032-1419-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududdagi yo‘l uchastkalari ta’mirlanishi uchun rejaga  kiritilishi taklifi ma’qullangan va transport oqimlarining harakat tezligini o‘rtacha 13-14 km/soatgacha oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish