Aminov Sabur Muxtarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bir jinsli bo‘lmagan qatlamli g‘ovak muhitda neft va gaz filtratsiyasi jarayonini matematik modellashtirish”, 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1425
Ilmiy rahbar: Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Abdivali Shukurovich fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Boltibaev Shuxratjon Komiljanovich, texnika fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bir jinsli bo‘lmagan qatlamli g‘ovak muhitda neft va gaz filtratsiyasi jarayoni uchun matematik modellar, hisoblash algoritmlari va dasturiy majmuani ishlab chiqish hamda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kollektorlarning gidrodinamik parametrlarini hisobga olgan holda g‘ovak muhitlarda suyuqlik va gaz filtratsiya jarayonini ifodalash uchun matematik model ishlab chiqilgan;
bosimli qatlamlarning o‘zaro ta’sirlashuvini hisobga olgan holda neft filtratsiya jarayonini matematik modeli va sonli echish algoritmi ishlab chiqilgan;
bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitda gaz harorati va qatlam xossalarini hisobga olgan holda gaz filtrlatsiyasi matematik modeli hamda ikkinchi tartibli approksimatsiya bilan chekli ayirma usuliga asoslangan masalani echishning sonli algoritmi ishlab chiqilgan;
qatlamning g‘ovak strukturasi deformatsiyasini hisobga olgan holda neftni filtratsiyasi jarayonining chiziqli bo‘lmagan matematik modeli va masalani echishning samarali sonli algoritmni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitda neft va gaz filtratsiyasi jarayonining matematik modellari, hisoblash algoritmlari va dasturiy majmuasidan foydalanish asosida:
neft va gaz konlarida g‘ovak muhitning deformatsiyalanishini va gidrodinamik parametrlarini hisobga olgan holda hisob-kitoblarni avtomatlashtirish va bosim o‘zgarishini vizuallashtirish uchun matematik model va dasturiy majmua “Koson neft-gaz qidiruv ekspedisiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023-yil 27-iyundagi 03-18-8-491-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, neft va gaz konlarini o‘zlashtirish jarayonida vaqt o‘tishi bilan bosimli konlarning qayta taqsimlanishini bashorat qilishning aniqligini 6-8-foizga oshirish imkonini bergan.
neft va gaz konlarida bosim va quduqlar oqimining o‘zgarishini bashorat qilish uchun matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy majmua “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining “Gazli” neft-gaz qazib olish boshqarmasida joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023-yil 27-iyundagi 03-18-8-491-sonli ma’lumotnomasi). Natijada neft va gaz konlarini ekspluatatsiya qilishning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash va bashorat qilishning aniqligini
6-7-foizga oshirish, shuningdek, muhandislik hisob-kitoblarini amalga oshirish uchun vaqt va mehnat sarfini kamaytirish imkonini bergan.
taklif qilinayotgan matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy majmuasi o‘rganilayotgan obektning axborot modellarini qurish uchun ma’lumotlar bazalarini yaratish, neft va gaz konlarida bosimning taqsimlanishini aniqlash, konlarning gidrodinamik parametrlarining o‘zgarishini bashorat qilish, quduqlar oqimini aniqlash, yangi quduqlar soni va optimal joylarini tanlash bo‘yicha hisoblash tajribalarini o‘tkazish uchun Rossiya Fedaratsiyasi Udmurt davlat universiteti Matematika, axborot texnologiyalari va fizika institutida bajarilgan FEWS-2020-0010 raqamli ilmiy loyihasida qo‘llanilgan. (Rossiya Fedaratsiyasi Udmurt davlat universitetining 2023-yil 28-avgustdagi 1001-76323/2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada gidrodinamik parametrlarining o‘zgarishini bashorat qilish, yangi quduqlar soni va optimal joylarini tanlash bo‘yicha aniqlikni 8-10%ga oshirish imkonini bergan.