Iskandarova Nigora Kurvanbekovna
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tolani tabiiy xususiyatlarini saqlashda jin arrasini pardozlash texnologiyasining o‘ziga xosligi” “05.02.03-Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2388
Ilmiy rahbar: Shin Illarion Georgievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich texnika fanlari doktori, professor; Rosulov Ruzimurad Xasanovich texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tolasining tabiiyligini saqlash maqsadida havo-abraziv muhiti orqali jin arrasi tishlariga pardozlab ishlov berish, hamda jin arrasi tishlarining o‘tuvchi yuzalarini texnologik sifatini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jin arrasi tishlariga pardozlab ishlov berish uchun yangi material-kupershlak abraziv material sifatida tavsiya etilib qattiqligi va mustahkamligi ortishi birinchi marta aniqlangan;
zarbali o‘zaro ta’sir jarayonida birlamchi erkin abraziv mikrokesishda shakillangan abraziv zarrani metall yuzasiga qiya zarbasidagi deformatsiya modeli va hosil bo‘ladigan ariqchaning ko‘ndalang kesim yuzasi geometriyasi, tezlik, zarracha zichligi, zarba burchagi, qayta ishlanadigan materialning oquvchanlik chegarasini nazarga oluvchi ishqalanish koeffisientining ifodasi aniqlangan;
o‘tuvchi yuzalarning silliqlash radiusi r <0,1…0,15 mm bo‘lganda tolaning tabiiy xususiyati saqlanishi, paxtadan tolani ajratishda mexanik shkastlanishini kamayishi hamda arrali disk tishlarining o‘tuvchi yuzalari aylana radiusi qiymati ariqchaning kengligini yarmi sifatida iz olish usulida r =0,116 mm ekanligi aniqlangan;
zarba kuchini (kesish kuchini) gorizontal tashkil etuvchisi, abraziv zarracha o‘lchami qayta ishlanadigan materialning oquvchanlik chegarasi, zarba burchagini nazarga olib, arrali disk tishlarini kupershlak zarrachalari bilan abraziv oqimli ishlov berishda hn puxtalash chuqurligini (deformatsiyali mustahkamlash) hisoblash ifodasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Jinlarning arrali disklarini abraziv oqimli ishlov berish bo‘yicha dissertatsiya ishini bajarishda olingan ilmiy natijalar asosida:
kupershlak zarralari bilan abraziv oqimli ishlov berilgan arra disklar Toshkent viloyatining “Real Agro Cotton” UK tizimidagi Piskent paxta tozalash korxonasida joriy etilgan. (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 31 may №02/22-389 ma’lumotnomasi). Natijada tolaning yuqori o‘rtacha uzunligi 1,1 mm ga, solishtirma uzilish kuchi 1,55 sN/teks ga va uzilishdagi uzayish 5,3 % ga ortishiga erishilgan.