Shirinova Ma’mura Xikmatullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tana tayanch yuzasida patologik o‘zgarishlarga ega bemorlar uchun buyumlar assortimentini loyihalashning kompleks usulini ishlab chiqish” 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3499
Ilmiy rahbar: Nigmatova Fatima, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukarimonva Mashkura Abdurayimovna texnika fanlari doktori, dotsent; Pulatova Sabohat Usmonovna texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tana tayanch yuzasida patologik o‘zgarishlar bo‘lgan bemorlar uchun yaxshilangan gigienik va ekspluatatsion ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan adaptatsion buyumlar assortimentini loyihalashning kompleks usulini ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiy muassasalarda bemorni davolash-profilaktika muolajalari samaradorligini oshiruvchi, moslashuvchanlik, ergonomik qulaylik va o‘zaro muvofiqlik tamoyillariga asoslangan buyumlarni: kiyim, to‘shak choyshablari va texnik vositalar loyihalash va tayyorlash ilmiy konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
kiyim osti bo‘shlig‘ida havo almashinuvi jarayonini yaxshilash va bemorning yumshoq to‘qimalariga bosimni kamaytirish imkonini beruvchi zonal tuzilishga ega yangi to‘shak matosining loyiha echimlari va tuzilish parametrlarining analitik qiymatlari aniqlangan;
to‘qimachilik matosi yuzasini akril emulsiyasi bilan kimyoviy modifikatsiyalash usuli taklif etilib, uning asosida membrana tuzilishga ega polimer-to‘qima matosi hamda ko‘p marotaba yuvishga chidamli suv o‘tkazmaydigan adaptatsion buyumlar, ularning absorbsion xususiyatlarini oshirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tananing tayanch yuzasida patologik o‘zgarishlari bo‘lgan bemorni davolash va unga qarash sifatini oshirishga yordam beruvchi yangi adaptatsion buyumlarning konstruktiv-texnologik echimlari va ratsional parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yotoq yara xavfi mavjud bemorlar tana tayanch yuzasida bosimni oldini olishda yangi profilaktik matrasbop choyshab, gigienik kichik choyshab, parvarish jarayonidagi noqulayliklarni bartaraf etuvchi funksional kiyimlar assortimentini samarali konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingin natijalar asosida:
harakatlanish imkoniyati cheklangan bemorlar uchun maxsus pantolonga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining sanoat namunasiga patent olingan (SAR 02309, 2021 y.). Natijada bemorlar kiyimidagi ortiqcha yon va ort bo‘lak dumg‘aza qismidagi choklar yuqotilib, taglik pampers kiydirilganda ort bo‘lakda qo‘shimchalar hisobiga tanada kiyim yopishmasligi, shu bilan birga, old bo‘lakda echib kiyish qulayligi maxsus pistonlar orqali ta’minlash imkoni yaratilgan;
yotoq yara xavfi mavjud bemorlar uchun kompleks loyihalangan buyumlar assortimenti uchun konstruktorlik-loyihalashtirish va texnologik hujjatlari «Nur-Tex» MChJ, «Nurafshon-Nur» MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimashiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 8 noyabrdagi №03/25-3072-sonli ma’lumotnomasi). Joriy etilgan natijalar yotoq yara xavfi mavjud bemorlar qulayligini ta’minlovchi tibbiy muolajalar topografiyasini hisobga olgan holda va tanani zarur himoya darajasini ta’minlashga imkon beruvchi bemorlar kiyimlari ishlab chiqish imkonini bergan;
yotoq yara xavfi mavjud bemorlar uchun ishlab chiqilgan profilaktik buyumlar assortimenti «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi» da ro‘yxatda turgan bemorlarda qo‘llanilgan («Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi» ning 2023 yil 13 iyundagi dalolatnomasi) natijada kichik choyshab suvni absorbisiyalash xususiyati 31,3 foizga, bug‘ o‘tkazuvchanligi 80,2 foizga oshirish, kiyimlar komplektida iqtisodiy samaradorlik 1,1% ga kamaytirish imkonini bergan.