Sayt test rejimida ishlamoqda

Ibragimov Ilhom Ahrorovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv oqimi rostlangan sharoitda daryo o‘zanining gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish», 05.09.07–Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T537.

Ilmiy rahbar: [Ismagilov Xamidulla Abduraxmanovich], texnika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Bazarov Dilshod Raimovich, texnika fanlari doktori, professor; Ikramova Malika Raximberdievna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: daryoning rostlangan o‘zani uchun oqim va o‘zanning gidravlik parametrlariga rostlangan suv oqimi ta’sirini hisobga olgan holda daryo o‘zanining gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

suv oqimi rostlangan sharoitda o‘zan va oqimning gidravlik parametrlarini (o‘zanning kengligi, egrilik radiusi va oqimning o‘rtacha chuqurligi) hisoblash usullari, suv sarfi, cho‘kindilarning o‘rtacha diametri o‘zanning nishabligini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;

rostlangan daryo o‘zani uchun g‘adir-budurlik koeffisientini aniqlash usuli suv sarfiga bog‘liq holda takomillashtirilgan;

oqimning beqaror harakati (uzluksizlik) tenglamasini echish asosida rostlangan o‘zanning uzunligi bo‘yicha oqim chuqurligining o‘zgarishi aniqlangan;

Amudaryoda suv oqimi rostlangan o‘zanining gidravlik parametrlarini hisoblash usullari asosida suv o‘tkazish qobiliyati baholangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Suv oqimi rostlangan sharoitda daryo o‘zanining gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

Amudaryoning quyi qismida daryoning suv o‘tkazish qobiliyatini baholash Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi Quyi-Amudaryo ITHB, «Amudaryo» havzasi suv xo‘jaligi birlashmasiga qarashli gidrotexnik inshootlarda joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 9 martdagi 02/30-152-son ma’lumotnomasi). Natijada Amudaryoning quyi qismida daryoning suv o‘tkazish qobiliyatini yaxshilash va daryodagi gidrotexnik inshootlarni xavfsiz va samarali ishlashini ta’minlash imkoni yaratilgan;

Amudaryo rostlangan o‘zanining gidravlik parametrlarini hisoblashning takomillashtirilgan usullari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «Xorazmsuvloyiha», «Qaramazi-Qilichbay» ITBga qarashli inshootlarda joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 9 martdagi 02/30-152-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining daryo bo‘yi hududlarida o‘zanni rostlash va qirg‘oqni himoyalash ishlari olib borilib, daryo bo‘yida joylashgan aholi yashash joylarida xavfsiz sharoitlar yaratish va ekin er maydonlarida suv toshqinlarining oldini olish imkoniyati yaratilgan;

suv omborining quyi qismida rostlangan o‘zanning uzunligi bo‘yicha oqim chuqurligining o‘zgarishi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «Xorazmsuvloyiha», «Qaramazi-Qilichbay» ITB va Quyi-Amudaryo ITHBga qarashli inshootlarda joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 9 martdagi 02/30-152-son ma’lumotnomasi). Natijada toshqin paytida suv omboridan chiqariladigan xavfsiz suv miqdorini o‘rnatish va o‘zanning uzunligi bo‘yicha suv sathining o‘zgarishini oldindan hisoblash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish