Kudratov Shohijaxon Ixtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ sharoitida foydalanilayotgan teplovoz dizellari tirsakli vallarining issiqlik usullari yordamida diagnostika tizimini takomillashtirish, 05.08.05 – Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3755.
Ilmiy rahbar: Xamidov Otabek Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xromova Galina Alekseevna, texnika fanlari doktori, professor, Toshkent davlat transport universiteti; Grachev Vladimir Vasilevich, texnika fanlari doktori, professor, Peterburg davlat temir yo‘l universiteti.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: teplovozlardan foydalanish jarayonida dizel tirsakli vallari diagnostikaning issiqlik usullarini takomillashtirish uchun ilmiy asoslangan texnik echimlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
teplovoz dizel dvigatellarining tirsakli vallarini notekis aylanishi va tebranishi natijasida yuklanishlar ta’sirini hisobga olgan holda val bo‘yinlarida hosil bo‘ladigan haroratni aniqlash imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqilgan;
lokomotivlarning turli ekspluatatsion rejimlarida dizel dvigatellari tirsakli vallari bo‘yinlarida hosil bo‘ladigan haroratni aniqlash orqali texnik holatini baholash uchun yangi diagnostika vositalari ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan;
1A-9DG turidagi dizel dvigatellarini tirsakli val bo‘yinlaridagi harorat ruxsat etilgan qiymatidan ortganda lokomotiv mashinistiga ogohlantirish berishning yangi raqamli tizimi ishlab chiqilgan;
arduino sxemasi asosida dizel dvigatellarining tirsakli vallari bo‘yinlaridagi harorat ko‘rsatkichlari o‘zgarishini mikrokontroller orqali displeyga uzatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot va uslubiyoti ishlab chiqilgan;
tirsakli vallarning texnik holatini baholash orqali teplovoz dizel dvigatellarida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni oldindan aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Teplovoz dizel dvigatellarining tirsakli vallarini diagnostika usulini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
favqulodda ishdan chiqish ehtimolini kamaytiradigan, teplovoz tirsakli valining texnik holatini harorat ko‘rsatkichlariga ko‘ra baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan metodika “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” UK da joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023 yil 7-sentyabrdagi №4/E896 ma’lumotnomasi). Natijada, diagnostika kompleksi orqali teplovoz dizel dvigatellari tirsakli vallaridan tashqari ularning silindr-porshen guruhi, yoqilg‘i apparaturalari texnik holatini baholash tizimi tadbiq etilib issiqlik ko‘rsatgichlarini o‘lchash aniqligi oshgan;
UzTE16M teplovozlari dizellari tirsakli vallarini diagnostika qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan diagnostik komplekslari va o‘lchov qiymatlarini amalga oshirish uskunalari “Tinchlik” lokomotiv deposida 024 sonli teplovozga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023 yil 7-sentyabrdagi №4/E896 ma’lumotnomasi). Natijada, teplovozlarning tirsakli vallari haroratini nazorat qilish orqali teplovoz ishonchliligi, chidamliligi va harakati paytida xavfsizligi ortadi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ parki teplovozlarining turli ekspluatatsion ish rejimlarida tirsakli vallari ishonchliligi va chidamliligini oshirish hisobiga kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 1 mlrd. 800 mln so‘mni tashkil etgan.