Rustamov Bobir Ismatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mahalliy chiqindi yog‘lar asosida qorako‘l terilarini yog‘lantirish texnologiyasi ishlab chiqish”, 05.06.03.-Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2PhD/T2922
Ilmiy rahbar: Shamsieva Maxbuba Badrievna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:
Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Nodir Baxodirovich – Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti dotsenti texnika fanlari doktori (ixtisoslik shifri 05.06.03) Ilmiy kengash a’zosi;Djumabekova Gulzira Baltabaevna – Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi, M.X.Dulaty nomidagi Taraz mintaqaviy Universiteti, “Engil sanoat buyumlari dizayni, texnologiyasi va konstruksiyasi” kafedrasi dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati institui
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy ishlatilgan yog‘lar asosida qorako‘l terilarini yog‘lantirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
baliq qovurish natijasida hosil bo‘lgan ishlatilgan yog‘ tarkibidagi yog‘ kislotalari soni xromatografiya usuli orqali tahlil qilinib, to‘yinmagan yog‘ kislotalari miqdori 6 baravar ko‘pligi hisobidan reaksion qobiliyati yuqoriligi aniqlangan;
yangi yog‘lovchi modda va emulgatorning spektroskopik tahlili asosida S-O sulfoksid va sulfo guruhlar saqlashi tadqiq etilgan, bu esa yog‘lovchi kompozisiyaning termik baraqorlik xususiyati mavjudligini isbotlagan;
tadqiq etilayotgan yog‘lovchi emulsiyalarning qorako‘l teri to‘qimasi va soch tolalariga tekis taqsimlanish darajasi binokulyar va elektron mikroskopik tahlillar asosida ko'rsatilgan;
yog‘lantirish jarayonidan keyin oqava suvlarning ifloslanish darajasi va tabiatiga yog‘lovchi materiallarining kimyoviy xususiyatlarining ta’siri tahlil qilinib, yog ’lantirish jarayoni hisobiga ekologik holatini yaxshilanishiga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy chiqindi yog‘lar asosida qorako‘l terilarini yog‘lantirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
kungaboqar yog‘ida bir necha marta baliq qovurishda hosil bo‘lgan yog‘ va uning asosida emulgator olinib mahalliy yog‘lovchi kompozisiya qorako‘l terilari yog‘lantirish jarayonida “MEXOVAYa MODA” OK joriy qilingan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2023 yil 8 iyundagi FB-7/1602-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy yog‘lovchi kompozisiyaning moʻyna teri toʻqimasi tomonidan yutilishi hisobiga 1,12 % ga oshishiga, fizik-mexanik xossalarining yaxshilanishiga hamda yog‘lovchi moddalarni mahalliylashtirilishi hisobidan yog‘lovchi kompozisiya tannarxini 4,8-5 baravar kamaytirishga erishilgan;
Qora-qorako‘l yarimmahsulotlarini yog‘lantirish jarayonida olingan mahalliy yog‘lovchi kompozisiyani qo‘llash “BUXORO QORAKO‘L KLASTER” MChJ da ishlab chiqarishda joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2023 yil 8 iyundagi FB-7/1602-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qorako‘l mo‘ynalarning mustahkamlik xossalari yanada yaxshilanib - 0,32 MPa ga hamda kuchlanishdagi uzayishi - 0,5 % ga oshishiga erishilgan;
Ishlab chiqilgan yog‘lovchi tarkibni qorako‘l yarimmahsulotlarini yog‘lantirish jarayonida Romitan tumani “OMAD AZIZ” OK da ishlab chiqarishda joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2023 yil 8 iyundagi FB-7/1602-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olingan qorako‘l yarimtayyor mahsulotlarida yog‘ moddalar miqdorining 1,4% ga oshishi hisobiga mustahkamlik xossalarining 0,13 MPa ga hamda kuchlanishdagi uzayishi 0,21 % ga oshishiga erishilgan.