Mamurov Doniyor Eldorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Kimyo sanoati  korxonalarida innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirish, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt462
Ilmiy rahbar: Kurpayanidi Konstantin Ivanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.I.106.03.
Rasmiy opponentlar: Adxamov Mamajon, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Gaibnazarova Zumradxon Talatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kimyo sanoati korxonalarida innovatsion jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra innovatsion tavsifdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning davlat xaridini amalga oshirishda hududdagi korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda raqobatchilar, innovatsion mahsulot etkazib beruvchilar, vositachilar, davlat, ichki va tashqi xaridor hamda kichik biznes subektlarni rivojlantirishning bozorga yoʼnaltirilgan innovatsion tizimi taklif etish hisobiga takomillashtirilgan;
kimyo sanoati korxonalarini rivojlantirishning innovatsion strategiyasi joriy va istiqboldagi o‘zgaruvchan talabga muvofiqlashish jarayonlarini rag‘batlantiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi “ko‘p darajali tuzilmalar” faoliyatiga yangi bilim va texnologiyalarni yaratish, uzatish va foydalanish jarayonlarini uzviy tarzda kiritib borish orqali takomillashtirilgan;
kimyo  sanoati korxonalarida innovatsiyalar samaradorligini baholash usuli integral samara, innovatsiyalar rentabelligi, xarajatlarni qoplash, yangiliklarni o‘zlashtirishga xarajatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar asosida  innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
kimyo sanoati korxonalarini innovatsion faoliyatini rivojlantirish omillari asosida 2024-2026 yillarga “pessimistik” va “modernizatsion” prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kimyo sanoati  korxonalarida innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
innovatsion tavsifdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning davlat xaridini amalga oshirishda hududdagi korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda raqobatchilar, innovatsion mahsulot etkazib beruvchilar, vositachilar, davlat, ichki va tashqi xaridor hamda kichik biznes subektlarni rivojlantirishning bozorga yoʼnaltirilgan innovatsion tizimi taklif etish bo‘yicha taklifi “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 23 avgustdagi 23-3-3875-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida “Farg‘onaazot” AJda innovatsion rivojlanishni belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimi korxonalarda innovatsiya faoliyati tahlilini takomillashtirishga hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirilish muddatlarini muntazam monitoringini amalga oshirishga imkon yaratgan;
kimyo sanoati korxonalarini rivojlantirishning innovatsion strategiyasi joriy va istiqboldagi o‘zgaruvchan talabga muvofiqlashish jarayonlarini rag‘batlantiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi “ko‘p darajali tuzilmalar” faoliyatiga yangi bilim va texnologiyalarni yaratish, uzatish va foydalanish jarayonlarini uzviy tarzda kiritib borish orqali ilmiy taklifi “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 23 avgustdagi 23-3-3875-son ma’lumotnomasi). Natijada “Farg‘onaazot” AJda korxonalarini innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.
kimyo sanoati korxonalarida innovatsiyalar samaradorligini baholash usuli integral samara, innovatsiyalar rentabelligi, xarajatlarni qoplash, yangiliklarni o‘zlashtirishga xarajatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar asosida  innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirish mexanizmi ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy taklifi “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 23 avgustdagi 23-3-3875-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etish natijasida kimyo sanoatini korxonalarida innovatsion jarayonlar samaradorligini hamda raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, soha rivojlanishidagi taraqqiyot strategiyalarini ishlab chiqishga xizmat qiladi;
kimyo sanoati korxonalarini innovatsion faoliyatini rivojlantirish omillari asosida 2024-2026 yillarga “pessimistik” va “modernizatsion” prognoz parametrlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha ilmiy taklifi “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 23 avgustdagi 23-3-3875-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida kimyo sanoatida innovatsion faoliyatni boshqarish omillari ta’sirida o‘rta muddat uchun omillarning prognoz qiymatlarining foizdagi mutloq xatolik chegarasi ±0,25 %gacha qisqargan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish