Tursunqulov Inom Abduxalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida boshqarish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2492.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar Umarov Ilhomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qambarov Jamoliddin Xikmatillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar boshqaruv mexanizmini takomillashtirish borasida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish mexanizmi” tushunchasi korxona faoliyatining iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan boshqaruv usullarini qo‘llash orqali qurilish materiallari korxonalar faoliyatiga zamonaviy menejmentning boshqaruv ob’ektlariga muvofiq keluvchi vakolat va mas’uliyat uyg‘unligini ta’minlash tamoyilini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
Jizzax viloyati qurilish materiallari korxonalari boshqaruv tuzilmalarini hududlardagi muayyan qurilish materiali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik miqyosli hamda ixcham boshqaruv tuzilmasiga ega ishlab chiqarish bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish orqali takomillashtirish asoslangan;
Jizzax viloyati qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida faoliyatni boshqarishdagi vaqt resurslarini ishlab chiqarishni rejalashtirish (Rich=0,23), tashkil etish (Tich=0,36), nazorat qilish (Nich=0,17), motivatsiyalash (Mtich=0,13) va muvofiqlashtirish (Mfich=0,11) jarayonlari o‘rtasidagi optimal taqsimotini ta’minlovchi maxsus algoritm va modellarni tatbiq etish orqali samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
Jizzax viloyatida qurilish ishlari va qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlarining vaqtli qatorlarni tavsiflashda integratsiyalashgan avtoregressiya hamda sirg‘aluvchi o‘rtacha integratsiyalashgan avtoregressiya modellari asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion rivojlanish sharoitida qurilish materiallari sanoati korxonalarida boshqaruv mexanizmi takomillashtirilishi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish mexanizmi” tushunchasi korxona faoliyatining iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan boshqaruv usullarini qo‘llash orqali qurilish materiallari korxonalar faoliyatiga zamonaviy menejmentning boshqaruv ob’ektlariga muvofiq keluvchi vakolat va mas’uliyat uyg‘unligini ta’minlash tamoyilini integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Sifat menejmenti” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda qurilish materiallari korxonalar faoliyatiga zamonaviy menejmentning boshqaruv ob’ektlariga muvofiq keluvchi vakolat va mas’uliyat uyg‘unligini ta’minlash tamoyilini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan “qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish mexanizmi” tushunchasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
Jizzax viloyati qurilish materiallari korxonalari boshqaruv tuzilmalarini hududlardagi muayyan qurilish materiali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik miqyosli hamda ixcham boshqaruv tuzilmasiga ega ishlab chiqarish bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish orqali takomillashtirish taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan “Hududlarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi 05/13-1467-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish materiallarini ishlab chiqarish faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini 11% ga oshirish imkoni yaratilgan;
Jizzax viloyati qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida faoliyatni boshqarishdagi vaqt resurslarini ishlab chiqarishni rejalashtirish (Rich=0,23), tashkil etish (Tich=0,36), nazorat qilish (Nich=0,17), motivatsiyalash (Mtich=0,13) va muvofiqlashtirish (Mfich=0,11) jarayonlari o‘rtasidagi optimal taqsimotini ta’minlovchi maxsus algoritm va modellarni tatbiq etish orqali samaradorligini oshirish taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan “Hududlarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi 05/13-1467-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zsanoatqurilish materiallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida mehnat unumdorligini 8%ga, mahsulot ishlab chiqarish rentabelligini 1,2% ga oshirish imkoni yaratilgan;
Jizzax viloyatida qurilish ishlari va qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlarining vaqtli qatorlarni tavsiflashda integratsiyalashgan avtoregressiya hamda sirg‘aluvchi o‘rtacha integratsiyalashgan avtoregressiya modellari asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan “Hududlarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi 05/13-1467-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uyushma va uning tarkibiga kiruvchi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining 2030 yilga qadar rivojlanish tendensiyasi asosida muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish