Muftaydinov Mansur Qiyomidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’loni

 I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oziq-ovqat sanoati korxonalarini iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2520
Ilmiy rahbar: Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Kambarov Jamoliddin Xikmatillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Mamaev Bahodirjon Nosirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya  yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoati korxonalarini iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etiladigan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyihaning 100 mln. so‘mgacha bo‘lgan miqdorini qoplab berish asoslangan;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun
50 mln.so‘mgacha bo‘lgan miqdorini qoplab berish taklifi ishlab chiqilgan;
hududning o‘ziga xos xususiyatlari va ishlab chiqarishni tashkil qilishning shakllangan yo‘nalishlar va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko‘ra Izboskan, Marxamat, Buloqboshi, Ulug‘nor, Oltinko‘l, Baliqchi, Bo‘ston tumanlari va Xonobod shahrida oziq-ovqat sanoati yo‘nalishidagi sanoat klasterlarini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Andijon viloyatida oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini, jumladan klasterili ishlab chiqarishni e’tiborga olgan holda rivojlantirish bo‘yicha 2026-yilgacha bazaviy, inersion va mobilizatsion prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat sanoati korxonalarini iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etiladigan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln. so‘mgacha bo‘lgan miqdorini qoplab berish taklifi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yo‘l xaritasini” ishlab chiqishda hamda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-yanvardagi 37-son “Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori 1-bo‘limi “b” bandining 1-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 27-80/09-23-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilgan 17 ta loyihani ishga tushirishda va faoliyat samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln. soo‘mgacha bo‘lgan miqdorini qoplab berish taklifi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yo‘l xaritasini” ishlab chiqishda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil20-yanvardagi 37-son “Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarorining 1-bo‘limi “b” bandining 3-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 27-80/09-23-sonli ma’lumotnomasi). Taklif oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirishga va faoliyat samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
hududning o‘ziga xos xususiyatlari va ishlab chiqarishni tashkil qilishning shakllangan yo‘nalishlar va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko‘ra Izboskan, Marxamat, Buloqboshi, Ulug‘nor, Oltinko‘l, Baliqchi, Bo‘ston tumanlari va Xonobod shahrida oziq-ovqat sanoati yo‘nalishidagi sanoat klasterlarini tashkil qilish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 204-son “2022-2026-yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori2-ilovasining 31-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 27-80/09-23-sonli ma’lumotnomasi). Takliflar viloyatda oziq-ovqat sanoati yo‘nalishida sanoat klasterlari faoliyatini tashkil etilish hamda mahsulot ishlab chiqarish xajmining ortishiga erishishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Andijon viloyatida oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini, jumladan klasterili ishlab chiqarishni e’tiborga olgan holda rivojlantirish bo‘yicha 2026-yilgacha bazaviy, inersion va mobilizatsion prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 204-son “2022-2026-yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 27-80/09-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Andijon viloyatida oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 250 ta loyihani amalga oshirish va 400 mln. AQSh dollari miqdorida investisiyalarni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratshga muayyan darajada xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish