Eshmatov Sanjar Azimkulovichning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Sut va sut mahsulotlari brendini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.DSc/Iqt554.
Ilmiy maslahatchi: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Akademik iqtisodiyot fanlari doktori, professor G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Eshtaev Alisher Abdug‘anievich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdullaev Ilyos Sultonovich.
Yetakchi tashkilot: Toskent kimyo-texnalogiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sut va sut mahsulotlari brendini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish boʻyicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sut va sut mahsulotlari brendlari raqobatbardoshligi” tushunchasi hamda uning ta’sir samaralarini hisoblash iste’molchining brenddan qoniqishi, mahsulotdan xabardorlik, iste’molchi tomonidan kutilgan sifat, mahsulotga iste’molchi tomonidan berilgan qiymat kabi sabab omillari hamda iste’molchilar tajribasi, iste’molchi moyilligi kabi oqibat omillarining o‘zaro munosabatlari jihatidan takomillashtirilgan;
sut va sut mahsulotlari brendini shakllantirishning tashkiliy- iqtisodiy mexnizmi brend shakllanishining har bir bosqichida hosil bo‘lgan multipliktor samaralarini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
sut va sut mahsulotlari brendi qiymatini baholash uslubiyoti brend kapitali aktivlarini tavsiflovchi xabardorlik [kx=0,35], tasavvur etish [kt=0,35], munosabatga kirishish [kmk=0,35], moyillik [km=0,35] mezonlari bo‘yicha koeffisientlar optimal qiymatini kiritish asosida takomillashtirilgan;
iste’molchilar ongida eko-bredni yaratishga qaratilgan yashil marketing strategiyalari sut va sut mahsulotlarida eko belgilar to‘plamini yaratish asosida takomillashtirilgan;
milliy bozorda oziq-ovqat mahsulotlari brendlari uchun iste’molchilar darajasining o‘zgarishlarini o‘rta va uzoq muddatli tendensiyalari asosida rivojlanishining 2030 yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona va tadbirkorlar faoliyatini rivojlantiruvchi marketing strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sut va sut mahsulotlari brendlari raqobatbardoshligi” tushunchasi hamda uning ta’sir samaralarini hisoblash iste’molchining brenddan qoniqishi, mahsulotdan xabardorlik, iste’molchi tomonidan kutilgan sifat, mahsulotga iste’molchi tomonidan berilgan qiymat kabi sabab omillari hamda iste’molchilar tajribasi, iste’molchi moyilligi kabi oqibat omillarining o‘zaro munosabatlari jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Tovar guruhlari bo‘yicha savdoni tashkil etish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022 yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda sut va sut mahsulotlari brendlari raqobatbardoshligi tushunchasi hamda uning ta’sir samaralarini hisoblash borasidagi nazariy bilim va ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
sut va sut mahsulotlari brendini shakllantirishning tashkiliy- iqtisodiy mexnizmi brend shakllanishining har bir bosqichida hosil bo‘lgan multipliktor samaralarini hisobga olish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibidagi korxonalarning marketing faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023 yil 10 iyuldagi 10/45/07-23-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021 yilga nisbatan 2022 yilda « Bio Natural Food» MChJning “Tamim” va “Alsafi” brendlarining brend qiymatini 15 foizga, sodiq mijozlar salmog‘ini 12 foizdan 25 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
sut va sut mahsulotlari brendi qiymatini baholash uslubiyoti brend kapitali aktivlarini tavsiflovchi xabardorlik [kx=0,35], tasavvur etish [kt=0,35], munosabatga kirishish [kmk=0,35], moyillik [km=0,35] mezonlari bo‘yicha koeffisientlar optimal qiymatini kiritish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibidagi korxonalarning marketing faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023 yil 10 iyuldagi 10/45/07-23-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Dil-Bah Dairy Group» MChJning «Dobroe derevenskoe utro»/«Mehribon qishloq tongi» brendining bozordagi ulushini 1,2 foizga, mahsulot sotish hajmini 1,6 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
iste’molchilar ongida eko-bredni yaratishga qaratilgan yashil marketing strategiyalari sut va sut mahsulotlarida eko belgilar to‘plamini yaratish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibidagi korxonalarning marketing faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023 yil 10 iyuldagi 10/45/07-23-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Dil-Bah Dairy Group» MChJning “Dobroe derevenskoe utro” va “Tamim” brendlari bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tetraparkda qadoqlangan mahsulotlari sotish hajmini 42,4 foizga, «Bio Natural Food» MChJ mahsulotlarini sotish hajmini 11,1 foizga, doimiy iste’molchilar sonini 16,5 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
milliy bozorda oziq-ovqat mahsulotlari brendlari uchun iste’molchilar darajasining o‘zgarishlarini o‘rta va uzoq muddatli tendensiyalari asosida rivojlanishining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ssenariylaridan O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023 yil 10 iyuldagi 10/45/07-23-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Bio Natural Food» MChJ hamda «Dil-Bah Dairy Group» MChJning sut mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalari uchun iste’molchilarning moyillik darajasini oshirish imkoni yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish