Karlibaeva Gulshat Xodjabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini moliyalashtirish va monitoringini amalga oshirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.(Iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.1.PhD/Iqt1222.
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Bozorboy Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jiyanova Nargiza Esanbaevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muasasalarini moliyalashtirish va monitoring tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida davlat-xususiy sherikchilik asosida endaument fondlarini tashkil qilish va rivojlantirish orqali ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishni takomillashtirish asoslangan;
davlat byudjeti hisobiga moliyalashtiriladigan oliy ta’lim muassasalarida smetali moliyalashtirishdan davlat tomonidan belgilanadigan vazifalar bo‘yicha erishilgan natijalarga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tizimiga o‘tish hamda tegishli tamoyillarini mujassamlashtiruvchi zamonaviy moliyaviy menejment tizimini joriy qilish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlovchi byudjet menejmenti samaradorligini baholashning zamonaviy monitoring tizimini takomillashtirish asosida asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarning 2027 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini moliyalashtirishda «tahlika-tahlil» tizimini yo‘lga qo‘yish asosida ichki audit va moliyaviy nazorat xarajatlarini onlayn monitoring qilish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish va monitoring tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida davlat-xususiy sherikchilik asosida endaument fondlarini tashkil qilish va rivojlantirish orqali ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishni takomillashtirish taklifi “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori o‘rinlaridan joy olishga qaratilgan maqsadli chora tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturi”da belgilangan vazifalarda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 5 maydagi 03/03-856-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat-xususiy sherikchilik asosida endaument fondlaridan foydalanishni kengaytirish imkoni yaratilgan;
davlat byudjeti hisobiga moliyalashtiriladigan oliy ta’lim muassasalarida smetali moliyalashtirishdan davlat tomonidan belgilanadigan vazifalar bo‘yicha erishilgan natijalarga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tizimiga o‘tish hamda tegishli tamoyillarini mujassamlashtiruvchi zamonaviy moliyaviy menejment tizimini joriy qilish taklifi “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori o‘rinlaridan joy olishga qaratilgan maqsadli chora tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturi”da belgilangan vazifalarda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 5 maydagi 03/03-856-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida davlat tomonidan belgilanadigan vazifalar bo‘yicha erishilgan natijalarga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tizimiga o‘tish jarayonlarini jadallashtirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlovchi byudjet menejmenti samaradorligini baholashning zamonaviy monitoring tizimini takomillashtirish asosida asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori o‘rinlaridan joy olishga qaratilgan maqsadli chora tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturi”da belgilangan vazifalarda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 5 maydagi 03/03-856-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanish asosida uzoq muddatli istiqbolda asosiy moliyaviy parametrlar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini moliyalashtirishda «tahlika-tahlil» tizimini yo‘lga qo‘yish asosida ichki audit va moliyaviy nazorat xarajatlarini onlayn monitoring qilish taklifi “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori o‘rinlaridan joy olishga qaratilgan maqsadli chora tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturi”da belgilangan vazifalarda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 5 maydagi 03/03-856-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini moliyalashtirishda ichki audit va moliyaviy nazorat xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoni yaratilgan.