Reymova Zuxra Abatbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari», 12.00.02–Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Yu71.
Ilmiy maslahatchi: Ruzmetov Xayrullo Ibadullaevich, yuridik fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Axtam Salomovich, yuridik fanlar doktori, professor; Muxamedov O‘tkirbek Xazratqulovich, yuridik fanlar doktori, professor; Puziev Zafar Rayimovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotningilmiy yangiligi:
tarkibida mahallalar tashkil qilingan posyolka, ovul va fuqarolar yig‘inlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalla fuqarolar yig‘inlariga birlashtirish va bo‘lish yo‘li bilan qayta tashkil qilish haqidagi taklifi asoslangan;
fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini o‘tkazish va tashkil etilishi tartiblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinishini kiritish asoslangan;
tumanlar va shaharlar komissiyalari va ishchi guruhi, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va maslahatchilarining navbatdagi saylovi e’lon qilinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatish zaruriyati asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashi va uning ijrochi apparatining tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqishda va tasdiqlashda, muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashning ijrochi apparati xodimlarining yakuniy soni bo‘yicha toifalangan mintaqalarning ro‘yxatini aniqlashda hisobga olinishi va qo‘llanishi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z vazifalarini amalga oshirish shakli, usullarini va vakolatlarini shakllantirish tartibi, tuzilmalarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi, xalq deputatlari viloyat kengashlari, «Mahalla» xayriya jamoat fondi Respublika kengashi va mahalla faollarining tarkibida mahallalar tashkil qilingan posyolka, ovul va fuqarolar yig‘inlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalla fuqarolar yig‘inlariga birlashtirish va bo‘lish yo‘li bilan qayta tashkil qilish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi PF-4944-son Farmonining 5-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2017 yil 25 sentyabrdagi 05/01-10-335-son ma’lumotnomasi). Bu o‘zgartirishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga, mahallaning aholiga eng yaqin tuzilmasiga aylanishiga, shuningdek, ularning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan;
fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini o‘tkazish va tashkil etilishi tartiblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni bilan tartibga solish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 22 aprelda yangi tahrirda qabul qilingan «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2017 yil 25 sentyabrdagi 05/01-10-335-son ma’lumotnomasi). Bu o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida saylovning yagona tizimini o‘rnatish imkon bergan;
tuman va shahar komissiyalarining, shuningdek, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil qilish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhlarning vakolatlariga doimiylik maqomini berish zaruriyati to‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonunining 12 va 14-moddalarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2017 yil 25 sentyabrdagi 05/01-10-335-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini o‘tkazishda samaradorlikni oshirishga xizmat qilgan;
dissertatsiya yakunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashi va uning ijrochi apparatining tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqishda va tasdiqlashda, muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashning ijrochi apparati xodimlarining yakuniy soni bo‘yicha toifalangan mintaqalarning ro‘yxatini aniqlashda hisobga olingan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashining 2017 yil 3 fevraldagi PF-4944-sonli «Mahalla institutini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi Qarorida o‘z ifodasini topgan («Mahalla» xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston mintaqaviy bo‘limining 2017 yil 14 avgustdagi 01/0118-son ma’lumotnomasi). Bu tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Kengash faoliyatining uyg‘unlashuvini va samarasini oshirishga xizmat qilgan.