Salibaev Xabibullo Negmatullaxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida uyali aloqa operatorlarining faoliyatini rivojlantirish”, 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3377.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Djamshid Baxodirovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Nabieva Saida Abduvahobovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida uyali aloqa operatorlarining faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbektelekom” AK mobil telefon ma’lumotlari va uyali aloqa operatorlarining ma’lumotlarni qayta ishlash bosqichlari, jumladan mamlakatga kirmaydigan va chegarani kesib o‘tmaydigan (kiruvchi, chiquvchi) roumingdan foydalanadigan abonentlarga ko‘ra takomillashtirilib, ma’lumotlarni qayta ishlash bosqichlarining modeli takomillashtirilgan;
tarmoq mintaqalarida murakkab va ko‘p omilli vazifalarni hal qilish va universal hisoblash vositasi sifatida sifat menejmenti markaziy ma’lumotlarni qayta ishlash markazining maqsadga muvofiqligi, shunga ko‘ra markazning algoritmi asoslangan;
“O‘zbektelekom” AK faoliyatini raqamlashtirish sharoitida raqamli texnologiyalar infratuzilmasi va dasturiy ta’minoti auditini hamda xavf-xatarli vaziyatlarning oldini olish tizimini ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
“O‘zbektelekom” AK sof foydasi va unga ta’sir etuvchi uzoq muddatli investisiyalar qaytimligi va tovar moddiy zaxiralar samaradorligi kabilarga ko‘ra 2028 yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida uyali aloqa operatorlarining faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
“O‘zbektelekom” AK mobil telefon ma’lumotlari va uyali aloqa opera-torlarining ma’lumotlarni qayta ishlash bosqichlari, jumladan mamlakatga kirmaydigan va chegarani kesib o‘tmaydigan (kiruvchi, chiquvchi) roumingdan foydalanadigan abonentlarga ko‘ra takomillashtirilib, ma’lumotlarni qayta ishlash bosqichlari takomillashgan modeli “O‘zbektelekom” AK faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbektelekom” AKning 2023 yil 28 sentyabrdagi 27-01-17/3177-sonli ma’lumotnomasi; Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 6 oktyabrdagi 33-8/6840-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy qilinishi 2022 yilda avvalgi yilga nisbatan sof daromad miqdorini 19,9 foizga ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
tarmoq mintaqalarida murakkab va ko‘p omilli vazifalarni hal qilish va universal hisoblash vositasi sifatida sifat menejmenti markaziy ma’lumotlarni qayta ishlash markazining maqsadga muvofiqligi, shunga ko‘ra markazning algoritmi bo‘yicha taklif “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbektelekom” AKning 2023 yil 28 sentyabrdagi 27-01-17/3177-sonli ma’lumotnomasi; Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 6 oktyabrdagi 33-8/6840-sonli ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga qo‘llanilishi barcha ilovalarning bir xil apparatda ishlash imkoniyatini oshirish, axborotni qayta ishlash va saqlashni markazlashtirish hisobiga IT infratuzilmasiga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish, ERPT va CRMT tizimlarining samaradorligini oshirish hamda portallar, veb-saytlar, hujjatlarni boshqarish tizimlari, elektron pochta va loyihalarni boshqarish tizimining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
“O‘zbektelekom” AK faoliyatini raqamlashtirish sharoitida raqamli texnologiyalar infratuzilmasi va dasturiy ta’minoti auditini hamda xavf-xatarli vaziyatlarning oldini olish tizimini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi taklifi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbektelekom” AKning 2023 yil 28 sentyabrdagi 27-01-17/3177-sonli ma’lumotnomasi; Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 6 oktyabrdagi 33-8/6840-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi natijasida mahsulot va xizmatlarni sotishdan tushgan yalpi foyda miqdorining ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
“O‘zbektelekom” AK sof foydasi va unga ta’sir etuvchi uzoq muddatli investisiyalar qaytimligi va tovar moddiy zaxiralar samaradorligi kabilarga ko‘ra 2028 yilgacha bo‘lgan davr prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar “O‘zbektelekom” AKni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2023 yil 28 sentyabrdagi 27-01-17/3177-sonli ma’lumotnomasi; Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 6 oktyabrdagi 33-8/6840-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan prognoz ko‘rsatkichlari investisiyalar va ichki imkoniyatlardan samarali foydalanishga ko‘ra “O‘zbektelekom” AK sof foydasi hajmini 2028 yilgacha ortib borishiga (2,7 barobar) muayyan darajada xizmat qilgan.