Borotov Jamshid Zokirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Lastik va interlok to‘qimalari asosida yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3709
Ilmiy rahbar: Xoliqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Abdurashid, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ignalari lastik va interlok tartibda joylashtirilgan yassi ikki ignadonli trikotaj to‘quv mashinasida yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish hisobiga, mahsulot assortimentlarini kengaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mavjud lastik va interlok to‘qimalari asosida yangi tuzilishdagi yassi ignadonli trikotaj mashinasining ignalari joylashuvini o‘zgartirish hisobiga ikki qatlamli ustki kiyim uchun mo‘ljallangan trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
lastik va interlok to‘qimasi asosida olingan yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining eng ahamiyatli ko‘rsatkichlari kompleks baholash diagrammasi va rangali baholash usulidan foydalanib aniqlangan;
ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini yangi assortimentlarini ishlab chiqarishda g‘ovaksimon va bo‘rtma naqshlardan foydalanish hisobiga xomashyo sarfini kamaytirishning texnologik yechimlari ishlab chiqilgan.
ikki qatlamli trikotaj to‘qimasining texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlariga trikotaj tarkibidagi press va to‘liq bo‘lmagan to‘qima elementlarining ta’sir etish qonuniyatlari, texnologik ko‘rsatkichlari o‘zgarishini xomashyo sarfiga ta’siri matematik modellashtirilib, bog‘liqlik grafiklari asosida ratsional qiymatlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lastik va interlok to‘qimalari asosida yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
Yangi tuzilishdagi lastik va interlok ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi «Dilxan tex LLS» MChJ, «Porloq Chust Brendi» MChJ, «XAMKOR TEX» MChJ korxonalariga tadbiq etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 13 noyabrdagi № 03/25-2396 sonli ma’lumotnomasi). Natijada trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va xomashyo sarfini 22% gacha kamaytirishga erishilgan va mahalliy korxonalarda ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.