Radjabov Axtam Boltaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prostata bezining yoshga doir morfologiyasi, uning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi va surunkali alkogolizmda strukturaviy o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib647.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidulla Abdullaevich Rasulov, tibbiyot fanlari doktori; Kurbanov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «University of campania “Luigi Vanvitelli” School of Medicine and Surgery (Italiya)»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Prostata bezining yoshga doir morfologiyasi, uning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi va surunkali alkogolizmda strukturaviy o‘zgarishlarini klinik eksperimental tadqiqotda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kalamushlar prostata bezining yoshga doir anatomo-topografik xususiyatlari, tana vazni va organometrik parametrlarining rivojlanish dinamikasi va alkogolning surunkali ta’siridagi o‘zgarishlari aniqlangan;
ilk bor kalamush prostata bezini batafsil gistomorfometrik va immunogistokimyoviy o‘rganish asosida postnatal ontogenez davomida organning epiteliy-stroma tuzilmalarining yoshga bog‘liq o‘ziga hos xususiyatlari aniqlangan;
tajribada alkogolning bezga ta’sir qilish darajasi aniqlangan va baholangan, prostata bezining eng zaif bo‘lgan davrlari aniqlangan;
Ki67 va CD3 immunogistokimyoviy markerlar yordamida sog‘lom va surunkali alkogolizmdan aziyat chekadigan kalamushlarning prostata bezidagi proliferativ jarayonlar va hujayra immunitetining qiyosiy tahlili amalga oshirilishi natijasida reaktiv jarayonlarning kuchayishi asoslanagan;
keng qamrovli ultratovush va morfometrik tekshiruvlar asosida erkaklar prostata bezining biometriyasi va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarining yoshga doir mintaqaviy, normativ parametrlari yaratildi, bu esa mazkur ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 13 noyabrdagi 23-Z/080-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: olingan ma’lumotlar kalamushlar prostata bezining makroanatomik parametrlarining rivojlanishi va tuzilishi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirishga imkon berdi, bu sutemizuvchilar ontogenezi muammolarini tushunishda muhim fundamental ahamiyatga ega. Tajriba sharoitida surunkali alkogolizmni modellashtirish odamlarnikiga o‘xshash bo‘lgan xarakterli patologik o‘zgarishlarni olish imkonini berdi. Tadqiqot natijalari ushbu patologiyaga chalingan bemorlar uchun adekvat davolash usullarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (17.04.2023; № 21), Buxoro viloyat narkologiya dispanseri bo‘yicha buyruq (20.04.2023; №12 ), xamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (13.06.2023; № 11/7) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: alkogolning prostata bezi biometrik parametrlariga surunkali ta’siri bo‘yicha aniqlangan qonuniyatlar erta tashxis qo‘yish sifatini yanada yaxshilashga, prognozlash usullarini ishlab chiqishga va aholini samarali ilmiy asoslangan davolash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: intakt va surunkali alkogolizmga chalingan hayvonlarda prostata bezining organometrik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilish bo‘yicha nazariy bilimlarning kengayishi alkogolning surunkali ta’siri bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda diagnostika usullarini takomillashtirish orqali 1 nafar bemor xisobiga 35000 so‘m tejash imkonini berdi. Xulosa: prostata bezining alkogol patologiyasini erta tashxislash va bashorat qilish natijasida 1 nafar bemor xisobiga 35 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Prostata bezining yoshga doir morfologiyasi, uning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi va surunkali alkogolizmda strukturaviy o‘zgarishlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 21 iyundagi 01/04/3332-son xat yuborilgan.
ikknchi ilmiy yangilik: prostata tarkibiy elementlarining shakllanishi rivojlanish davomida ketma-ket va sinxron ravishda amalga oshiriladi va bir vaqtning o‘zida o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Prostata bezida patologik jarayonning paydo bo‘lishi va rivojlanishi organning strukturaviy va funksional parametrlariga bog‘liq. Hayvonlarning prostata gistologiyasini aniq tushunish kalamushlarda urogenital fenotiplarni aniqlash uchun, shuningdek, kalamushlarda modellashtirish orqali inson prostata kasalliklarining etiologiyasini, rivojlanishini va davolashni o‘rganish uchun zarurligi aniqlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (17.04.2023; № 21), Buxoro viloyat narkologiya dispanseri bo‘yicha buyruq (20.04.2023; №12 ), xamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (13.06.2023; № 11/7) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali alkogolizmning prostata bezi stromal-epiteliy tuzilmalariga ta’sirining aniqlangan xususiyatlari erta tashxis qo‘yish sifatini yaxshilash va aholini ilmiy asoslangan davolash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: alkogolni hayvonlar prostatasining mikroanatomik parametrlariga surunkali ta’sirini baholash metodologiyasi bo‘yicha taklif etilgan tavsiyalar diagnostika usullarini takomillashtirish orqali eksperimental tadqiqotlar davomida 1 nafar bemor xisobiga 35 000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: prostata bezining alkogol patologiyasini erta tashxislash va bashorat qilish natijasida 1 nafar bemor xisobiga 35 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Prostata bezining yoshga doir morfologiyasi, uning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi va surunkali alkogolizmda strukturaviy o‘zgarishlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 21 iyundagi 01/04/3332-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: alkogol ta’siridagi shikastlanishlarning eng yuqori darajasi organning periferik, subkapsular zonalarida kuzatilgan, markaziy hududlarda esa kompensator hodisalar ustunlik qilgan.Tajribada uch va o‘n sakkiz oylik davrlarida prostataning alkogol ta’siriga eng yuqori sezuvchanligi aniqlangan. Olingan ma’lumotlar eksperimental hayvonlarning prostata beziga morfologik darajada alkogol ta’sirining baholash samaradorligini oshirishga imkon berib, tadqiqot davomiyligini qisqartiradi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (17.04.2023; № 21), Buxoro viloyat narkologiya dispanseri bo‘yicha buyruq (20.04.2023; №12 ), xamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (13.06.2023; № 11/7) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: alkogolning surunkali ta’sirida prostata epiteliy-stroma tuzilmalar shakllanishining strukturaviy va funksional mexanizmlarini bilish aholining reproduktiv salomatligi bilan bog‘liq muammolarni oldini olish va davolash uchun ularni tartibga solish yo‘llarini ishlab chiqishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida alkogolning bezga ta’sir qilish darajasini aniqlash va baholash natijasida diagnostika usullarini takomillashtirish orqali 1 nafar bemor xisobiga 35000 so‘m davlat mablag‘larini tejash imkonini berdi. Xulosa: prostata bezining alkogol patologiyasini o‘z vaqtida baholash, erta tashxislash va bashorat qilish natijasida 1 nafar bemor xisobiga 35 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Prostata bezining yoshga doir morfologiyasi, uning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi va surunkali alkogolizmda strukturaviy o‘zgarishlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 21 iyundagi 01/04/3332-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qo‘llaniladigan immunogistokimyoviy usullar sog‘lom va surunkali alkogolizmdan aziyat chekadigan kalamushlarning prostata bezidagi proliferativ jarayonlar va hujayra immunitetining qiyosiy baholash imkonini berdi, ularning natijalari morfologik diagnostika jarayonini ob’ektivlashtirish uchun qo‘shimcha belgilar sifatida hisobga olinishi isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (17.04.2023; № 21), Buxoro viloyat narkologiya dispanseri bo‘yicha buyruq (20.04.2023; №12 ), xamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (13.06.2023; № 11/7) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: prostata to‘qimalarida Ki67 va CD3 markerlar ekspressiyasining baholanishi orqali alkogol ta’siriga javoban organdagi proliferativ faollik va reaktiv jarayonlarning holatini aniqlash mumkin, bu saraton va immunopatologiya kasalliklarida o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, davolashni optimallashtirish va iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: prognostik immunogistokimyoviy kriteriylarni o‘z vaqtida aniqlash natijasida diagnostika usullarini takomillashtirish orqali o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, optimal davolash, shuningdek 1 nafar bemor xisobiga 50 000 so‘mdavlat mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: prostata bezining alkogol patologiyasini o‘z vaqtida baholash, erta tashxislash va bashorat qilish natijasida 1 nafar bemor xisobiga 50 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Prostata bezining yoshga doir morfologiyasi, uning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi va surunkali alkogolizmda strukturaviy o‘zgarishlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 21 iyundagi 01/04/3332-son xat yuborilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: prostata bezining morfometrik parametrlari va jismoniy rivojlanishning antropometrik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha tadqiqot natijalari ultratovush tekshiruvi bilan shug‘ullanadigan shifokorlar va umumiy amaliyot shifokorlari uchun tavsiyalar va bog‘liqlik algoritmini yaratishga imkon berdi, ulardan foydalanish tekshirilayotgan xudularda diagnostika va profilaktika choralarining samaradorligini oshirishga yordam berdi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (17.04.2023; № 21), Buxoro viloyat narkologiya dispanseri bo‘yicha buyruq (20.04.2023; №12 ), xamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (13.06.2023; № 11/7) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jismoniy rivojlanishning antropometrik ko‘rsatkichlarining yoshga doir morfometriyasi va ularning prostata bezi biometrik parametrlari bilan korrelyasion o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida erta tashxis qo‘yish sifatini yaxshilash, prostata kasalliklarini bashorat qilish va oldini olish usullarini ishlab chiqish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan ma’lumotlar prostata bezi va jismoniy rivojlanish patologiyalarini tekshirish va diagnostikasini umumiy xarajatlarini kamaytiradi, bu esa keyinchalik statsionar davolash muddatini qisqartirish orqali tibbiy yordam sifatini yaxshilashga olib keladi. Natijada 1 nafar bemor xisobiga 40 000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi. Xulosa: jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarning yoshga doir antropometriyasi va prostata biometriyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari erkaklarda ularning mintaqaviy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni sezilarli darajada to‘ldiradi va ularni amaliy tibbiyotda qo‘llashga imkon beradi. Uning amaliyotda ishlatilishi natijasida diagnostika muolajalari va statsionar xarajatlarga sarflangan mablag‘lardan 1 nafar bemor xisobiga 40 000 so‘m miqdorida davlat byudjetini tejashga erishildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Prostata bezining yoshga doir morfologiyasi, uning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi va surunkali alkogolizmda strukturaviy o‘zgarishlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 21 iyundagi 01/04/3332-son xat yuborilgan.