Abdullaeva Matluba Nematovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metallurgiya sanoati raqobatbardoshligini oshirishda rivojlanish strategiyasi metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Iqt303
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat trasnport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04
Ilmiy maslahatchi: Gulamov Abdulaziz Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gaibnazarova Zumrat Talatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muratova Shohista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Iqtisodiyot
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida metallurgiya sanoati raqobatbardoshligini oshirishda rivojlanish strategiyasi metodologiyasi va uslubiy yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
metallurgiya korxonalari raqobatbardoshligini baholash uslubiyoti soha yetakchi su'bektlarining ichki va jahon bozorlardagi kon'yunkturasi, istiqboldagi raqobatbardoshligini uslubiy-amaliy jihatdan taqqosloviga ko‘ra strategik rivojlantirish asosida takomillashtirilgan hamda «O‘zmetkombinat» AJ va «Olmaliq KMK» AJ raqobatbardoshligini ta’minlashning strategik rivojlantirish yo'nalishlari asoslangan;
«O‘zmetkombinat» AJ xom ashyo bazasidan maqsadli, ishlab chiqarish quvvatlaridan diversifikatsion samarali foydalanish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh va eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar hajmini keskin oshirishda qora metallar prokati mahsulotlarini ustuvor mahsulot sifatida ishlab chiqarishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
metallurgiya ishlab chiqarish korxonalarining innovatsion faoliyati raqobatbardoshligini oshirishning metodologik yondashuvi soha klaster tizimi sub'ektlari hududiy belgisi va ishlab chiqarishni mahalliylash-tirish raqobat ustunligi ustuvorligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
«O‘zmetkombinat» AJ ishlab chiqarish uskunalarining eskirish darajasini ular tarkibini optimallashtirish, tegishligiga ko‘ra yangilash hamda ishlab chiqarish salohiyatini resurslardan maqsadli foydalangan holda imkoniyatlarni ishlab chiqarish oborotiga qo‘shimcha jalb etishga ko‘ra kiritilgan qo‘yilmalarni qoplash muddatini qisqarishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
«O‘zmetkombinat» AJ raqobatbaordoshligini oshirishning strategik ta’minotida mavjud resurslar bilan bir qatorda ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish va aylanma aktivlar samaradorligini oshirishga ko‘ra 2023-2028 yillarda ishlab chiqarishni rivojlantirish prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metallurgiya sanoati raqobatbardoshligida rivojlanish strategiyasining metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
metallurgiya korxonalari raqobatbardoshligini baholash uslubiyoti soha yetakchi su'bektlarining ichki va jahon bozorlardagi kon'yukturasi, istiqboldagi raqobatbardoshligini uslubiy-amaliy jihatdan taqqosloviga ko‘ra strategik rivojlantirish asosida takomillashtirish hamda «O‘zmetkombinat» AJ va «Olmaliq KMK» AJ raqobatbardoshligini ta’minlash starategik rivojlantirish takliflaridan «O‘zmetkombinat» AJ va «Olmaliq KMK» AJ strategik rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 05/2/2-33-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi aksiyadorlik jamiyatlarini uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish strategiyasini asoslash va raqobatbardoshligini oshirishning uslubiy darajasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
«O‘zmetkombinat» AJ xom ashyo bazasidan maqsadli, ishlab chiqarish quvvatlaridan diversifikatsion samarali foydalanish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh va eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar hajmini keskin oshirishda qora metallar prokati mahsulotlarini ustuvor mahsulot sifatida ishlab chiqarish taklifidan «O‘zmetkombinat» AJ strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 05/2/2-33-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish «O‘zmetkombinat» AJ salohiyatini barqaror o‘stirishni ta’minlashga, ushbu mahsulot turiga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojni to‘laroq qondirishga hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar turlarini ko‘paytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
metallurgiya ishlab chiqarish korxonalarining innovatsion faoliyati raqobatbardoshligini oshirishning metodologik yondashuvi soha klaster tizimi sub'ektlari hududiy belgisi va ishlab chiqarishni mahalliylash-tirish raqobat ustunligi ustuvorligiga ko‘ra takomillashtirish taklifi «O‘zmetkombinat» AJ strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘al-likni qisqartirish vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 05/2/2-33-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy etilishi innovatsion faoliyatni samarali klaster boshqaruvini ta’minlash, ishlab chiqarishni klasterli tashkil etishda davlatning iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash vositasidan samarali foydalanish, innovatsion mahsulot ishlab chiqish va ularni realizatsiya qilish samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ishlab chiqarish uskunalarining eskirish darajasini ular tarkibini optimallashtirish, tegishligiga ko‘ra yangilash hamda ishlab chiqarish salohiyatini resurslardan maqsadli foydalangan holda imkoniyatlarni ishlab chiqarish oborotiga qo‘shimcha jalb etishga ko‘ra kiritilgan qo‘yilmalarni qoplash muddatini qisqarish taklifi «O‘zmetkombinat» AJ strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 05/2/2-33-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatida 2020-2021 yillarda kiritilgan qo‘yilmalarning qoplash muddati 2020 yil 21 oydan 2021 yil 182 kunga qisqartirish imkoniyati yaratishga muayyan darajada xizmat qilgan;
«O‘zmetkombinat» AJ raqobatbardoshligini oshirishning strategik ta’minotida mavjud resurslar bilan bir qatorda ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish va aylanma aktivlar samaradorligini oshirishga ko‘ra 2023-2028 yilda ishlab chiqarishni rivojlantirishning prognoz qiymatlari «O‘zmetkombinat» AJ strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 05/2/2-33-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish orqali 2028 yilda jami ishlab chiqarish hajmi 11368,9 mlrd. so‘mga, sof foyda 408,3 mlrd. so‘mga, ishchilar soni esa 11,6 ming kishiga, aylanma aktivlar 7795,2 mlrd. so‘mga va aylanma mablag‘lar miqdori 338,1 mlrd. so‘mga oshishiga erishishning qo‘shimcha imkoniyatlari asoslab berilgan.