Erdonov Abdurahmon Muzaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxtani mayda iflosliklardan tozalagichning samarali konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”  05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3681
Ilmiy rahbar: Rosulov Ruzimurad Xasanovich,texnika fanlari doktori, dots.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Qayumov Abdulmalik Xamidovich texnika fanlari doktori, professor (05.02.03), Axmedov Xamidulla Abduxoshimovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD),  (05.02.03).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xomashyosini mayda iflosliklardan  tozalagichning samarali konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasini tebranuvchi to‘rli yuzasining harakatini aniqlovchi parametrlar paxtaning harakatini ifodalovchi matimatik bog‘lanishlar  asosida aniqlangan;
paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining samaradorligini oshirish maqsadida tebranuvchi to‘rli yuzaning parametrlarini tebranish chastatasi va ampilitudasi hisobga olgan holda asoslangan;
tebranuvchi to‘rli yuzali tozalash mashinasining konstruktiv parametrlarini paxtaning harakat qonunlari asosida tozalash jarayonining jadallashtirish hisobga olgan holda  aniqlangan;
paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasi dinamik modellarini ishlab chiqish asosida tebranuvchi to‘rli yuza harakat qonuniyatlari mashina agrigat modellari asosida olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalari tebranuvchi to‘rli yuza konstruksiyasini tadqiq etish hisobiga olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalar uchun ishlab chiqarilgan tebranuvchi to‘rli yuzaga dastlabki talablar tasdiqlangan.Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalari uchun ishlab chiqarilgan tebranuvchi to‘rli yuzasini  Namangan viloyatining “Namangan To‘qimachi Cluster”MChJ qoshidagi To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash korxonasining tozalash sexlariga ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta – to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 07 iyuldagi № - 03/22-491 malumotnomasi). Natijada amaldagi tozalagichda tozalash samaradorligi 83.5% tashkil esa,taklif etgan tozalagichda 88% ni ko‘rsatdi bundan amaldagisiga nisbatan tozalash samaradorligi 4.5% ga yuqori ekani aniqlandi.
Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasi uchun loyiha-konstruktorlik xujjatlari (texnik topshiriq) “RIM ustaxonasi” MChJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta –to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 07 iyuldagi № - 03/22-491 malumotnomasi).  Natijada paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalarida tozalashning tebranuvchi to‘rli yuzani qo‘llash uchun tavsiya etilgan qurulma tozalash mashinasining tozalash samaradorligini 14-18% ga oshirilganligini va tolani sifatini yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish