Ergashev Obidjon Gapporovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Dizel yonilg‘isiga vodorod qo‘shimchasidan foydalanish orqali g‘ildirakli traktorlarni ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2542.
Ilmiy rahbar: Kadirov Sarvar Mukadirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Mamarahimov Xamza Mamadjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘ildirakli traktorlarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida dizel yonilg‘isiga vodorod gazini qo‘shimcha massasini minimal miqdorini aniqlab, ekspluatatsion, texnik, iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘ildirakli traktor dizelining havoni kiritish kollektoridagi havo oqimiga vodorod gazini qo‘shimcha sifatida burchak ostida kiritishning minimal konsentratsiyasi aniqlanib, gomogen aralashma hosil qilinib, yuqori sifatli yonilg‘i-havo-vodorod aralashmasini hosil qilishga erishilgan;
dizel yonilg‘isi-havo-vodorod gazi aralashmasining alangalanish chegarasining kengayish doirasini hisobga olgan holda, traktor dizel dvigatelining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
dizel yonilg‘isi-havo-vodorod gazi aralashmasida ishlaydigan traktor dizel dvigatelining ko‘rsatkichlarini avtomatlashtirilgan hisoblash usuli takomillashtirilgan;
sof dizel yonilg‘isida va dizel yonilg‘isi-havo-vodorod gazi aralashmasida ishlaydigan traktor dizel dvigatelining iqtisodiy-ekologik baholash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dizel yonilg‘isi-vodorod-havo aralashmasi yonilg‘ilardan foydalanib, traktorlarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘ildirakli traktor dizelining havoni kiritish kollektoridagi havo oqimiga vodorod gazini qo‘shimcha sifatida burchak ostida kiritishning minimal konsentratsiyasi aniqlanib, yuqori sifatli yonilg‘i-havo-vodorod aralashmasi Toshkent viloyati “Toza hudud” DUK miqyosida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yilning 18-martdagi 02-02/7-361-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida dizel yonilg‘isi-vodorod-havo yonuvchi aralashmasida ishlaydigan ichki yonuv dvigatellilarning quvvati 5-13% ortgan;
dizel yonilg‘isi-havo-vodorod gazi aralashmasining alangalanish chegarasining kengayish doirasini hisobga olgan holda, traktor dizel dvigatelining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini hisoblashning takomillashtirilgan usuli Toshkent viloyati “Toza hudud” DUK miqyosida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yilning 18-martdagi 02-02/7-361-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida Dizel yonilg‘isi-vodorod-havo aralashmasi yonilg‘ilarida ishlaydigan ichki yonuv dvigatellilarning dizel yonilg‘isi-vodorod-havo yonuvchi aralashmalardan foydalanish va dvigatelning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
dizel yonilg‘isi-havo-vodorod gazi aralashmasida ishlaydigan traktor dizel dvigatelining ko‘rsatkichlarini avtomatlashtirilgan usuli Toshkent viloyati “Toza hudud” DUK miqyosida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yilning 18-martdagi 02-02/7-361-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida dizel yonilg‘isi-vodorod-havo yonilg‘ilarida ishlaydigan ichki yonuv dvigateli traktorlarning uglevodorod chiqindilarining miqdori 20-40% gacha kamaygan;
sof dizel yonilg‘isida va dizel yonilg‘isi-havo-vodorod gazi aralashmasida ishlaydigan traktor dizel dvigatelining iqtisodiy-ekologik baholash usuli Toshkent viloyati “Toza hudud” DUK miqyosida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 1-dekabrdagi 03-03/3-7657-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida dizel yonilg‘isiga vodorod gazini qo‘shimcha sifatida qo‘shganda dvigatelning texnik, iqtisodiy va ekologik ekspluatatsion ko‘rsatkichlari ya’ni yonilg‘i sarfi 6% kamaygan, traktorning ekspluatatsiya qilishda umumiy yillik energo-ekologik samaradorligi bartaraf etiladigan ekologik zarar 86,8 ming so‘mni tashkil etgan.