Sobirova Zulxumor Sharipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Makkajo‘xori o‘simligini kasallantiruvchi ba’zi fitopatogen viruslarni aniqlash va xususiyatlarini o‘rganish”, 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/V595.
Ilmiy rahbar: Fayziev Voxid Baxromovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, PhD.03/14.07.2022.B/Qx.10.06.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Zarifa Nosirovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim; Sasmakov Sobirjon Anarmatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati sharoitida makkajo‘xori o‘simligini kasallantiruvchi ayrim fitopatogen viruslarni ajratish, xususiyatlarini o‘rganish hamda molekulyar genetik identifikatsiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyati sharoitida makkajo‘xori o‘simligida tarqalgan virusli kasalliklar monitoring qilinib, makkajo‘xori pakanalik mozikasi virusiga xos bo‘lgan kasallik alomatlari aniqlangan;
respublikamizda tarqalgan MPMV izolyati CP geni asosida molekulyar-genetik identifikatsiya qilingan;
“SK 65” gel yordamida MPMV ning toza preparati olinib, virusga spesifik zardob tayyorlash usuli takomillashtirilgan va MPMV diagnostikasida qo‘llanilgan;
MPMV ga chidamli bo‘lgan makkajo‘xori navlari Mestnaya, O‘zbekiston-601, Uzbekskaya zubovidnaya (O‘zbekston), Birko (Fransiya), Mestnaya (Chexiya), Mestnaya-9123 (Chexiya)  kabi navlar ekanligi aniqlandi.
MPMV ning makkajo‘xori o‘simligining morfo-fiziologik xususiyatlariga hamda urug' tarkibi oqsil miqdori, hosildorlik, o‘simlik biomassasi kabi muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir darajasi aniqlangan;
MPMV tipik tabiiy tabiiy o‘choqqa ega bo‘lgan guruhga mansubligi hamda  sirkulyasiyasi o‘rganilgan va qarshi kursh bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikamizda etishtirilayotgan makkajo‘xori, oqjo‘xori (sorgo) kabi donli ekinlarini kasallantiruvchi Maize dwarf mosaic virus (MDMV) ning ajratilgan izolyati “Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar noyob ilmiy obekti kolleksiyasi” genofondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2023-yil 27-apreldagi 4/1255-888-son ma’lumotnomasi). Natijada fitopatogen mikroorganizmlar shtammlari kolleksiya genofondini boyitish, virus turlari xilma-xilliklari elektron bazasi axborot tahlil tizimini shakillantirish imkonini bergan;
MPMV bilan kasallangan makkajo‘xori o‘simligidan ajratib olingan izolyati Maize dwarf mosaic virus (MDMV) nomi bilan Jahon mikroorganizmlar ma’lumotlar markazining Patogen Mikroorganizmlar Milliy kolleksiyasining (World Data Center for Microorganism (WDCM) National Collection of Phytopathogenic Microorganisms (NCAM)) ma’lumotlar bazasiga WDCM 1044-raqami orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining 2023-yil 19-maydagi dalolatnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2023-yil 27-apreldagi 4/1255-888-son ma’lumotnomasi). Natijada dunyoning turli mintaqalarida tarqalgan Maize dwarf mosaic virusini tadqiq qilishda global doirada foydalanish imkonini bergan;
Toshkent viloyati Qibray tumani “Mirusmon Mirxoliq Baraka” va “Istiqlol Mirzaxmedov Mirg‘iyos Mirzakarimovich” fermer xo‘jaligilarida, jami 25 gektar maydonlarda makkajo‘xori pakanalik mozaikasi virusi hamda tabiiy holda virus saqlovchi o‘simliklarning tarqalish darajasi o‘sish fazalariga bog‘liq holda monitoring qilingan va makkajo‘xori hamda boshqa yovvoyi o‘simliklarda ushbu virusni spesifik zardob hamda PZR usullari yordamida aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 10-iyuldagi 05/34-05/3338-son ma’lumotnomasi). Bu esa makkajo‘xori ekin maydonlarida virus epifitotiyasining keng miqyosda tarqalishini oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish