Mirzarahimova Marina Anvarjanovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kalamush me’da osti bezi ferment ajratish faoliyatiga bir vaqtda gipokineziya, yuqori harorat va insolyasiyaning ta’siri», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B332.
Ilmiy rahbar: Qodirov Shokirjon, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Saidbaeva Lola Muxammedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Gayibov Ulug‘bek Gapparjanovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipokineziya, yuqori harorat va insolyasiyaning uyg‘unlashgan ta’siri ostida kalamushlarning oshqozon osti bezi tomonidan ferment gomeostazini va ferment sekresiyasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sekretor jarayonning adaptiv reaksiyalari (ekzosekresiya va inkresiya) stres omillarining davomiyligi va murakkabligiga bog‘liqligi aniqlangan, shunindek oshqozon osti bezining sekretor faolligi va qondagi fermentlar miqdori yil fasllariga bog‘liq ekanligi asoslangan;
uzoq vaqt davom etgan gipokineziyada kalamushlarning o‘sishi va rivojlanishi orqada qolishi aniqlangan, gipokineziya, yuqori harorat va insolyasiyaning birgalikdagi ta’siri bo‘lgan kalamushlarda o‘sish va rivojlanishining to‘xtashi, tana vazni ularning dastlabki, tajribagacha bo‘lgan qiymatlari darajasida qolishi, oshqozon osti bezi massasi kamayishi isbotlangan;
gipokineziya ta’sirida amilolitik, proteolitik faollik va oshqozon osti bezi to‘qimalari, qonda umumiy oqsil miqdorining ortishi va ulardagi lipolitik faollik pasayishi aniqlangan;
qisqa muddatli gipokineziya, yuqori harorat va insolatsiyaning bir vaqtda ta’sir qilishi oshqozon osti bezi tomonidan amilolitik va proteolitik fermentlarning sekresiyasi va amilazaning qonga inkresiyasi ortishi kuzatilgan, ushbu omillarning uzoqroq ta’siridan so‘ng amilaza inkresiyasi kamayishi aniqlangan;
gipokineziya, yuqori harorat va insolatsiyaning uyg‘unlashgan ta’siridan so‘ng oshqozon osti bezi tomonidan lipaza sekresiyasi va inkresiyasi kamayishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kalamush me’da osti bezi ferment ajratish faoliyatiga bir vaqtda gipokineziya, yuqori harorat va insolyasiyaning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori harorat va insolyasiya kabi stress omillarining alohida va uyg‘unlashgan ta’siri ostida oshqozon osti bezi va qondagi ferment faolligining o‘zaro ta’siri Qirg'iziston ilmiy-tadqiqot tibbiy-ijtimoiy institutining “Turli sharoitlarda organizmdagi ferment gomeostazi” nomli loyihasida turli sharoitlarda ovqat hazm qilish bezlarida fermentlarning resirkulyasiyasida foydalanilgan (Qirg‘iziston tibbiy-ijtimoiy institutining 2023 yil 23 martdagi 483-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan tavsiya yuqori harorat va insolyasiya kabi stres omillarning aloxida hamda uyg‘unlashgan ta’sirida me’da osti bezi va qondagi fermentativ nosozligini bartaraf qilish uchun maxsus parxez tuzish va ferment preparatlarni tayyorlash imkonini bergan;
in vitro tajribalarida olingan gipokineziya, yuqori harorat va insolyasiya taʼsirida oshqozon osti bezining ferment ajratish sekretor funksiyasida adaptiv oʻzgarishlar sodir boʻlishi Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetining “Ferment gomeostazini saqlashda” nomli loyihasida osqozon osti bezi ferment gomeostazida adaptiv reaksiyalarida foydalanilgan (Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetining 2023 yil 23 maydagi 02-07-2592/23-son ma’lumotnomasi). Natijada, gipokineziya, yuqori harorat va insolyasiya kabi stres omillarining bir vaqtda va a’lohida ta’siri ostida oshqozon osti bezi va qondagi ferment faolligi o‘zgarish mexanizmlarini yoritish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish