Abduraximov Saidrasul Saidakbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Uglevodorod xomashyolarini quvurlarda tashish jarayonini optimal ish parametrlarini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3807.
Ilmiy rahbar: Turobdjanov Sadritdin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamshitdin Muxtorovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; To‘raev Tolib Bozorovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uglevodorod xomashyosini qayta ishlash jarayonida oqimning gidrodinamik ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun uglevodorod aralashmalarini tashish jarayonining maqbul rejim ko‘rsatkichlarini aniqlash va quvurlar ichida konstruktiv o‘zgarishlarni amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft, gaz kondensati va ularning aralashmalarining issiqlik o‘tkazuvchanligi =0,1618 Vt/mK va issiqlik sig‘imi C=1,78 kDj/(kg·K) aniqlangan;
uglevodorod oqimini 31°C haroratda 74%GK÷26%N nisbatda tashishda optimal ish ko‘rsatkichlari ya’ni: aralashmaning zichligi =772 kg/m3, kinematik qovushqoqligi =1,16 mm2/s, dinamik qovushqoqlik =0,895.10-3 Pa·s, Reynolds soni Re=14655, gidravlik qarshilik R=132 kPa aniqlangan;
issiqlik almashtirgich quvurlari ichidagi uglevodorod oqimining gidrodinamik ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun turbulizator o‘rnatilib, uning natijasida liniyaning umumiy gidravlik qarshiligi 12% ga, xomashyoni tashish uchun quvvat sarfi 33,7% gacha kamayishi va yiliga 487 200 kVt/soat gacha energiya tejalishi isbotlangan;
neft, gaz kondensati va ularning aralashmalarini ishlab chiqarishda tashish uchun gorizontal quvurning optimal diametri D=219/8 mm ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Uglevodorod aralashmalarining quvurlar ichida tashish uchun gidrodinamik ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
issiqlik almashtirgichlarda neftgazkondensati oqimini tashish uchun maqbul gidrodinamik sharoitlar «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2023 yil 3 avgustdagi 02-03-01/120-son ma’lumotnomasi). Natijada, tizimning umumiy gidravlik qarshiligi 11,7% ga, xomashyoni tashish uchun quvvat sarfi 33,7% ga kamaytirish imkonini beragan;
uglevodorodlarni quvurlarda tashish jarayonining maqbullashtirish usuli «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2023 yil 3 avgustdagi 02-03-01/120-son ma’lumotnomasi). Natijada, uglevodorod aralashmalarining gidrodinamik ko‘rsatkichlari yaxshilanib, yiliga 487200 kVt/soat gacha energiya tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish