Imomova Nodira Shavkatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi organik chiqindilarini anaerob qayta ishlash jarayonini elektr impulsli ishlov berib jadallashtirish”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3963
Ilmiy rahbar: Muratov Hakim Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Isakov Abdusaid Jalilovich texnika fanlari doktori, professor; Xoliqnazarov Urolboy Abduraxmanovich (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik - texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organik chiqindilardan energiya va organik o‘g‘it olish qurilmasida anaerob jarayonni optimallashtirish uchun impul`s razryad ta’sirida ishlov berib bioreaktor hajmidan olinadigan biogaz miqdorini maksimal ajratib olish samaradorligi oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organik chiqindilar tarkibidagi o‘zgaruvchan massali jismni elektr impul`sli ishlov berishda energiya samarador yangi elektrotexnologiyasi ishlab chiqilgan;
elektr impul`sli ishlov berish asosida biogaz ishlab chiqarish elektrotexnologiyasining rejimlari aniqlangan va optimal parametrlari asoslangan;
qoramol go‘ngiga elektr impul`sli ishlov berib maksimal darajada biogaz ajratib olishni hisobga olgan holda elektr impul`sli ishlov berish parametrlari va biogaz ko‘rsatkichlari orasidagi funksional bog‘liqlik aniqlangan hamda biogaz chiqishini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
elektr impul`sli razryad kuchlanishi, immpulslar soni va kondensator sig‘imini inobatga olgan holda ko‘p omilli tajribalardan foydalanib regressiya tenglamalari olingan va ularni echish orqali biogaz chiqish tezligi, foydali hajmdan olinadigan biogaz miqdorining maqbul parametrlari asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi organik chiqindilarini anaerob qayta ishlash jarayonini elektr impulsli ishlov berib jadallashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi organik chiqindilarini anaerob qayta ishlash jarayonini elektr impulsli ishlov berib jadallashtirish talablar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17-avgustdagi 04/29-06/895-son ma’lumotnomasi). Natijada molxonadan olingan organik chiqindiga dastlab elektr impulsli ishlov berilib, keyin biorektorga yuklanganda anaerob jarayon davomiyligi 14-15 sutkadan 10-12 sutkagacha kamayishiga erishilgan.
qishloq xo‘jaligi organik chiqindilarini anaerob qayta ishlash jarayonini elektr impulsli ishlov berib jadallashtirish texnologiyasi “BUXORO AGRO KLASTER” MChJ ga qarashli biogaz zavodini qayta jihozlash uchun “O‘zjamoaloyiha” MChJ loyihalash jarayonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17-avgustdagi 04/29-06/895-son ma’lumotnomasi). Natijada 2500 bosh qoramol organik chiqindilarini qisqa muddatlarda talab darajasida qayta ishlov berishga hamda iqtisodiy samaraning ortishiga erishilgan.
organik chiqindilarini anaerob qayta ishlash jarayonini elektr impulsli ishlov berib jadallashtiradigan biogaz qurilmasi Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “BIOGAZ – EKOLOGIYa, ENERGIYa VA ORGANIK O‘G‘IT” MChJ da joriy etilgan. Natijada organik chiqindiga anaerob ishlov berish vaqti 1,2 martagacha kamayib, biogaz olish miqdori 1,37 barobarga ortgan.