Begilov Baxadir Nazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oqova suvlarni tozalash jarayoni xarajatlarini optimallashtirishni matematik modellashtirish»,
05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Uteuliev Nietbay Uteulievich, fizika-matenatika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Seytov Aybek Jumabaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Tashtemirova Nadira Nematillaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oqova suvlarni tozalash jarayoni xarajatlarini optimallashtirishning deterministik va stoxastik matematik modellarini, algoritmlarini ishlab chiqish va tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oqova suvlarni texnologik sxemalarga taqsimlash va ishlab chiqarish quvvatini hisobga olgan holda tozalash jarayonlari xarajatlarini optimallashtirishning deterministik va stoxastik matematik modellari ishlab chiqilgan;
Lagranj funksiyasidan foydalangan holda oqova suvlarni tozalash xarajatlarini optimallashtirishning deterministik va stoxastik masalalarini markazlashgan usullari asosida echish algoritmlari ishlab chiqilgan;
oqova suvlarni tozalashning deterministik va stoxastik masalalari uchun ikkilamchilik munosabatlari va optimallik shartlarini aniqlaydigan ikkilamchilik teoremalari isbotlangan;
fizik nochiziqlilikni hisobga olgan holda oqova suvlarni tozalash xarajatlarini optimallashtirish masalasini echishning turg‘unligi haqidagi teorema isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Oqova suvlarni tozalash jarayonining xarajatlarini minimallashtirish bilan bog‘liq olingan natijalar asosida:
ifloslangan oqova suvlarni tozalash jarayoni xarajatlarini minimallashtirishning matematik modellari va dasturiy vositalari Nukus shahridagi “Oqova suv” filialining “Qoraqalpoq suv ta’minoti” tozalash inshootida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 9 iyundagi 01/04-3-214-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari oqova suvlarni nazorat qilish sifatini, xususiyatlarini va ifloslantiruvchi moddalarni ajratish samaradorligini oshirishga va ekspluatatsion xarajatlarini 15% ga kamaytirish imkonini bergan;
oqova suvlarni tozalashning tavsiya etilgan algoritmlari, dasturiy vositalari va usullari “NUKUS AGRO FISh” MChJ baliqchilik kompleksining yopiq suv ta’minoti sharoitida afrika (kleri) baliqlarini etishtirish jarayonida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 9 iyundagi 01/04-3-214-sonli ma’lumotnomasi). Oqova suv tozalash xarajatlarini optimallashtirish natijasida ekspluatatsion xarajatlar 10 - 12% ga kamaytirish imkonini bergan.