Abdusalomova Istora Ilhom Qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Statistik kuzatuvlarni raqamli texnologiyalar asosida tashkil qilish jarayonlarini takomillashtirish. 08.00.14-Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1745
Ilmiy rahbar: Jukovskaya Irina Evgenevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Abduvahidov Abdumalik Mahkamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Jiymuratov Timurbay Pulatbaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: : Statistik kuzatuvlarni raqamli texnologiyalar asosida tashkil qilish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tanlanma va yalpi statistik kuzatuvlar tashkil qiluvchi e-stat 4.0 ATning funksional imkoniyatlari takomillashtirilib, unda statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash hamda ulardan amaliyotda samarali foydalanish texnologiyasi ishlab chi-qilgan, iqtisodiy subektlar tomonidan statistika hisobotini hisobot davrining kritik kunlarida topshirish dinamikasi o‘rganilgan, viloyat darajasida statistik axborotlarni qayta ishlash texnologik jarayonining algoritmi taklif qilingan;
statistika faoliyatida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llari taklif qilinib, unda tarmoq statistik hisobotlarni yig‘ish axborot tizimining arxitekturasi, e-stat 4.0 axborot tizimini kompleks boshqarish modeli, zamonaviy ma’lumotlar bazasini statistika faoliyatiga joriy qilish arxitekturasi va axborot tizimi orqali qabul qilingan hisobotlardagi birlamchi statistik ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
statistik kuzatuvlarda qo‘llanilayotgan e-stat 4.0 ATning unumdorlik jihatlari aniqlanib, unda axborot tizimi unumdorligini aniqlashning algoritmi va statistik metama’lumotlar tizimini ushbu axborot tizimi doirasida tashkil qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Aniqlik, to‘liqlik va o‘z vaqtidalik mezonlari bo‘yicha olingan baholashlarning regressiya modellari asosida e-stat 4.0 axborot tizimi unumdorligi bo‘yicha qayd qilingan ma’lumotlar matrisasining qiymatlari hisoblab chiqilgan va ushbu axborot tizimining “Respondent” va “Inspektor” modullari orqali davlat statistika hisobotlarini optimal jo‘natish va qabul qilib olish algoritmlari yaratilgan;
statistik hisobotlarni qog‘oz shaklida va raqamli texnologiyalar asosida topshirishning iqtisodiy samaradorlik jihatlari asoslab berilgan bo‘lib, unda e-stat 4.0 ATda statistik hisobotlarni avtomatlashtirilgan usulda qabul qilish natijasida boshqaruv xodimlari soni va ish haqi fondi qisqarishi, asosiy va yordamchi materiallar xarajatining qisqarishi natijasida material va mehnat resurslari vositalarining tejalishi asoslab berilgan hamda ularning iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. tanlanma va yalpi statistik kuzatuvlarni tashkil qiluvchi e-stat 4.0 ATning funksional imkoniyatlari takomillashtirilib, unda statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash hamda ulardan samarali foydalanish texnologiyasi ishlab chiqilgan, iqtisodiy subektlar tomonidan statistika hisobotini hisobot davrining kritik kunlarida topshirish dinamikasi o‘rganilgan, viloyat (tuman) darajasida statistik axborotlarni qayta ishlash texnologik jarayonining algoritmi Statistika agentligi faoli-yatiga joriy qilingan (Statistika agentligining 2023-yil 29-maydagi № 01/3-16-10/2-32-sonli ma’lumotnomasi). Natijada statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash uchun sarflanadigan vaqt 10 barobarga va ma’lumotlar xavfsizligini saqlash hamda transport uchun ketadigan xarajatlar keskin qisqartirilgan;
statistika faoliyatida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llari taklif qilinib, unda tarmoq statistika hisobotlarini yig‘ish axborot tizimining arxitekturasi, e-stat 4.0 AT kompleks boshqarish modeli, zamonaviy ma’lumotlar bazasini statistika faoliyatiga joriy qilish arxitekturasi va axborot tizimi orqali qabul qilingan hisobotlardagi birlamchi statistik ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi Statistika agentligi faoliyatiga joriy qilingan (Statistika agentligining 2023-yil 29-maydagi № 01/3-16-10/2-32-sonli ma’lumotnomasi). Natijasida STATA amaliy dasturi joriy qilinib, tahliliy ma’lumotlarni turli xil grafik, infografika va diagramma ko‘rinishida tasvirlash jarayonlariga ketgan vaqt 2 baravar hamda ma’lumotlarni taqdim etish muddatlari 10 kundan 5 kunga qisqarishiga erishilgan;
statistik kuzatuvlarda qo‘llanilayotgan e-stat 4.0 ATning unumdorlik jihatlari aniqlanib, unda axborot tizimi unumdorligini aniqlashning algoritmi va statistik metama’lumotlar tizimini ushbu axborot tizimi doirasida tashkil qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Aniqlik, to‘liqlik va o‘z vaqtidalik mezonlari bo‘yicha olingan baholashlarning regressiya modellari asosida e-stat 4.0 AT unumdorligi bo‘yicha qayd qilingan ma’lumotlar matrisasining qiymatlari hisoblab chiqilgan va ushbu axborot tizimining “Respondent” va “Inspektor” modullari orqali davlat statistika hisobotlarini optimal jo‘natish va qabul qilib olish algoritmlari Statistika agentligi faoliyatiga joriy qilingan (Statistika agentligining 2023-yil 29-maydagi № 01/3-16-10/2-32-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, narx hisobotlarini qabul qilish va udan mantiqiy xatoliklarni tekshirish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan va “Inspektor” modulini tadbiq etish orqali mehnat unumdorligi 20 % ga ortishiga olib kelgan;
statistik hisobotlarni qog‘oz shaklida va raqamli texnologiyalar asosida topshirishning iqtisodiy samaradorlik jihatlari asoslab berilgan bo‘lib, unda e-stat 4.0 AT statistik hisobotlarni avtomatlashtirilgan usulda qabul qilish natijasida boshqaruv xodimlari soni va ish haqi fondi qisqarishi, asosiy va yordamchi materiallar xarajatining qisqarishi natijasida material va mehnat resurslari hamda pul vositalarining tejalishi asoslab berilgan hamda ularning iqtisodiy samaradorligi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida hisoblangan (Statistika agentligining 2023-yil 29-maydagi № 01/3-16-10/2-32-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida bitta hisobot davrida faqatgina eng yirik beshta statistik hisobotlarni e-stat 4.0 AT asosida qabul qilinishida 14,9 mlrd. so‘mga teng iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.