Amonov Mehriddin Oromiddinovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish (Surxondaryo viloyati misolida)”, 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.15 - “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2294.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kosimova Fotima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.b.; Saatova Lolaxon Ergashevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Institusional o‘zgarishlar sharoitida tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash jarayoni jahon amaliyotidagi ilmiy yangiliklar, innovatsion texnologiya va tovarlarni, menejmentning zamonaviy shakllari hamda korxonalar umumiy yoki marketing faoliyatining ilmiy asoslangan rejasi hisoblanuvchi raqobatbardosh yetakchi gʻoya, samarali strategiya va biznes yuritish uchun zarur operativ vositalarga asoslangan marketing konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
hududdagi tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga mas’ul idoralar tomonidan muayyan hududdagi tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra qo‘llab-quvvatlash shakllarining ustuvorligi jihatidan guruhlashtirish hamda samaradorligini aniqlash taklifi asoslangan;
tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish idoralari tomonidan tijorat banklari bilan birgalikda hududiy “yetakchi” tadbirkorlik subektlarini tanlab olish va ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan mahallalarga biriktirish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qo‘yish istagi bo‘lgan aholining o‘z biznesini rivojlantirishga ko‘maklashish taklifi asoslangan;
Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining hududiy iqtisodiy salohiyat va shart-sharoit omillari ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash jarayoni jahon amaliyotidagi ilmiy yangiliklar, innovatsion texnologiya va tovarlarni, menejmentning zamonaviy shakllari hamda korxonalar umumiy yoki marketing faoliyatining ilmiy asoslangan rejasi hisoblanuvchi raqobatbardosh yetakchi gʻoya, samarali strategiya va biznes yuritish uchun zarur operativ vositalarga asoslangan marketing konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish orqali takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Tadbirkorlik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Urganch davlat universiteti 2023-yil 26-iyundagi 91-sonli buyrugʻi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash jarayoni bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
hududdagi tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga mas’ul idoralar tomonidan muayyan hududdagi tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra qo‘llab-quvvatlash shakllarining ustuvorligi jihatidan guruhlashtirish hamda samaradorligini aniqlash taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2023-yil 5-iyundagi 11/03-30-6502-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududdagi tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra qo‘llab-quvvatlash natijasida faoliyat samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish idoralari tomonidan tijorat banklari bilan birgalikda hududiy “yetakchi” tadbirkorlik subektlarini tanlab olish va ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan mahallalarga biriktirish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qo‘yish istagi bo‘lgan aholining o‘z biznesini rivojlantirishga ko‘maklashish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi PQ-5228-son “Surxondaryo viloyatida qulay investisiya muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2023-yil 5-iyundagi 11/03-30-6502-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan mahallalardagi aholining o‘z biznesini rivojlantirishga ko‘maklashish imkoni yaratilgan;
Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining hududiy iqtisodiy salohiyat va shart-sharoit omillari ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2027-yilga qadar ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2023-yil 5-iyundagi 11/03-30-6502-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining hududiy iqtisodiy salohiyat va shart-sharoit omillari ta’sirida shakllanuvchi istiqboldagi ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.