Savranova Tat`yana Nikolaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neovaskulyar glaukoma bemorlarida ksenokollagen drenaj implantatsiyasi bilan chuqur sklerektomiya jarrohligining samaradorligini baholash», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib45.
Ilmiy rahbar: Karimova Muyassar Xamitovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kojuxov Arseniy Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik Avdalbekyan S.X. nomidagi Sog‘liqni saqlash milliy instituti (Armaniston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: neovaskulyar glaukomani ksenokollagen drenaj qo‘llash bilan jarrohlik davolash usulini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bemorlar yoshi, jinsi va oldingi davolanishning samarasi xaqidagi ma’lumotlar inobatga olingan holda NVG etiologik omillari, rivojlanish muddatlari va kasallik kechishi xususiyatlari aniqlangan;
NVGda tezkor progressivlanish, kuchli og‘riqlar bo‘lishi, ko‘z ichki suyuqligi (KIS) oqimi susayishi, gipotenziv terapiyaning va avvalgi jarrohlik amaliyotlarning samarasizligi aniqlangan;
ilk bor NVG davolashda chuqur sklerektomiya hamda ChSEda KDI yaqin va uzoq muddatli natijalarining qiyosiy bahosi an’anaviy usulning klinik samarasi pastligi ko‘rsatilgan;
ilk bor NVG davolashda ChSEda KDI o‘tkazilgandan so‘ng UBM usulida drenaj funksiyasiga javobgar har bir tuzilmaning morfologik tarkibi aniqlangan;
NVG bemorlarda ChSE bilan KDI jarrohlikdan so‘ng klinik va UBM tekshiruvlari asosida stabil gipotenziv natija va jarrohlik sohasida ortiqcha chandiqlanishning oldini olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neovaskulyar glaukoma bemorlarida ksenokollagen drenaj implantatsiyasi bilan chuqur sklerektomiya jarrohligining samaradorligini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Neovaskulyar glaukoma bemorlarida ksenokollagen drenaj implantatsiyasi bilan chuqur sklerektomiya samaradorligi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 26 oktyabrdagi 8n-d/137-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma neovaskulyar glaukomali bemorlarni kuzatish, jarrohlikdan oldingi tayyorgarlik, jarrohlik vaqtidagi va undan keyingi kerakli taktikalarni qo‘llash hamda operatsiyadan keyingi asoratlar miqdorini kamaytirishga xizmat qilgan;
«Chuqur sklerektomiya usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 04436, 12.04.2011y.). Mazkur patent neovaskulyar glaukomaning chuqur sklerektomiya jarrohlik amaliyotida ksenokollagen drenaj implantatsiyasi ko‘rish funksiyalarining bir me’yorda bo‘lishiga va gipotenziv terapiyaning intensivligini pasayishiga imkon bergan;
neovaskulyar glaukoma bemorlarida ksenokollagen drenaj implantatsiyasi bilan chuqur sklerektomiya jarrohligini qo‘llash bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RIKMIAM Urganch filiali va Andijon viloyat Oftal`mologiya kasalxonasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 maydagi 8 n-z/71-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini oshirish, NVG bemorlarida yuqori ma’lumotli tashxislash hamda ChSEda KDI operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirish, bemorni erta faollashtirish va shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratgan.