Turdieva Madinaxon Yoqubjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kombinatsiyalashgan diskli borona tishli tekislagichining parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2322.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent, Nasirov Ilxom Zokirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Namangan muxandislik texnologiya instituti».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kombinatsiyalashgan diskli borona tishli tekislagichining kam energiya sarflyagan holda talab darajasidagi ish sifatini ta’minlovchi parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kombinatsiyalashgan diskli borona tishli tekislagichining konstruktiv sxemasi va texnologik ish jarayoni uning diskli yumshatkichlari tomonidan ishlov berilgan qatlam yuzasi talab darajasida tekislanishi, zichlanishi va unda mayin tuproq qatlami hosil qilinishi hisobga olinib ishlab chiqilgan;
tishli tekislagichning tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonini ifodalovchi va parametrlarini aniqlash imkonini beradigan matematik modellar va analitik ifodalar uning dala yuzasiga nisbatan o‘rnatilish burchagini hisobga olgan holda olingan;
tishli tekislagich parallelogramm mexanizmi bosim prujinasining taranglik kuchi uning tishlari tuproqqa to‘liq botib ishlashi shartidan kelib chiqib asoslangan;
tishli tekislagichning balandligi, tishlari orasidagi ko‘ndalang masofa, uning har bir metr qamrash kengligiga to‘g‘ri keladigan tik yuklanish hamda agregat harakat tezligini uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kombinatsiyalashgan diskli borona tishli tekislagichi parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tavsiya etilayotgan tishli tekislagich bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan diskli boronaga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 martdagi 05/22-06/273-son ma’lumotnomasi) va Intellektual mulk markazining foydali modelga («Tuproqqa ishlov beradigan qurol», FAP 01844 - 2022 y.) patenti olingan. Natijada daladan bir o‘tishda tuproqni ekishga tayyorlash bo‘yicha barcha texnologik jarayonlarni qo‘shib bajarish imkoni beradigan kombinatsiyalashgan diskli borona yaratilgan;
tavsiya etilayotgan tishli tekislagich bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan diskli borona Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 martdagi 05/22-06/273-son ma’lumotnomasi). Natijada erlarni bug‘doy va takroriy ekinlarni ekish uchun tayyorlashda yonilg‘i sarfi 1,3-1,4 martaga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 34,7 foizgacha kamaygan;
kombinatsiyalashgan diskli boronaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 martdagi 05/22-06/273-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan tishli tekislagich bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan diskli boronani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.