Po‘latov Sarvar Mustafoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill)ning o‘sishi, rivojlanishi va xom ashyosining fitokimyoviy tarkibiga mineral o‘g‘itlarning ta’siri (Toshkent viloyati sharoitida)”, 06.03.03–Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, yetishtirish texnologiyasi va agrofarmoekologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1235
Ilmiy rahbar: Xalikov Baxodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Xamroeva Dilovar Tolibdjonovna, Biologiya fanlari doktori; Xofizov Baxriddin Turdievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati sharoitida Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill)ning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va xom ashyolari tarkibidagi alkoloid miqdoriga azotli o‘g‘itlar hamda me’yorlarining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida Meksika bangidevonasi o‘simligini parvarishlashda azotli o‘g‘itlar, ya’ni ammoniy nitrat (NH4NO3), karbamid (CO(NH2)2) va ammoniy sulfat ((NH4)2SO4)larning mineral o‘g‘itlar P90K90 kg/ga me’yorlari qo‘llanilgan fonida qo‘llashning maqbul shakl va me’yorlari aniqlangan;
Meksika bangidevonasidan eng yuqori barg va urug‘ hosildorligi uni fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning P90K90 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonida ammoniy sulfat shaklidagi azotli o‘g‘itning 120 kg/ga me’yorida qo‘llanilishi bargdan 10,83 s/ga hosil olinib, bunda qo‘shimcha hosil nazoratga nisbatan 3,96; fonga nisbatan 1,42; karbamid o‘g‘itiga nisbatan 0,30; ammoniy nitrat o‘g‘itiga nisbatan 0,59 s/ga, urug‘dan esa 17,4 s/ga hosil olinib, hosildorlik mos ravishda 7,7; 2,7; 0,94 1,4 s/ga ga oshishi aniqlangan;
Meksika bangidevonasining ildizi tarkibida 0,27-0,39 % gacha, poyasida 0,17-0,26 % gacha, bargida 0,31-0,42 %gacha, gulida 0,55-0,77 %gacha, mevasida 0,76-0,96 %gacha, urug‘ida 0,78-0,99 %gacha alkoloidlar mavjudligi aniqlanib, nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning P90K90 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonida ammoniy sulfat o‘g‘itini 120 kg/ga me’yorda qo‘llanilganda olinib, o‘simlikning ildizi tarkibida 0,39 %, poyasida 0,26 %, bargida 0,42 %, gulida 0,77 %, mevasida 0,96 %, urug‘ida 0,99 % alkoloidlar mavjudligi aniqlangan;
Meksika bangidevonasini parvarishlashda fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning P90K90 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonida azotli o‘g‘itlardan ammoniy sulfatni ((NH4)2SO4) 120-150 kg/ga me’yorlarda qo‘llanilishi tuproqning agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalarini maqbul holda saqlanishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatib, o‘g‘isiz nazorat variantiga nisbatan tuproq hajm massasini 0,012-0,013 g/sm3 ga yaxshilab, gumus miqdorini 0,078-0,082 %ga, umumiy azot miqdorini 0,019-0,023 %ga, harakatchan fosfor miqdorini 0,024-0,033 %ga yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meksika bangidevonasi o‘simligini parvarishlashda qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlar me’yorlari va shakllarining samaradorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
dorivor Meksika bangidevonasi o‘simligini yetishtiruvchilar uchun “Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill) o‘simligini yetishtirishda mineral o‘g‘itlar qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 27-sentyabrdagi №21-05/4949-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill) o‘simligini yetishtirishda farmasevtika sohasida va qishloq xo‘jaligi xodimlariga qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Meksika bangidevonasi o‘simligini parvarishlashda azotli o‘g‘itlardan ammoniy nitrat (NH4NO3), karbamid (CO(NH2)2) va ammoniy sulfat ((NH4)2SO4)larning mineral o‘g‘itlar P90K90 kg/ga me’yorlari qo‘llanilgan fonida qo‘llashning maqbul shakl va me’yorlari Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialining Yangiyo‘l tumanidagi tajriba xo‘jaligida 3,0 ga, Toshkent davlat agrar universitetining Qibray tumanidagi tajriba xo‘jaligida 0,30 ga, Parkent tumani “PARKENT FARANGIZ” MChJda 0,10 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 27-sentyabrdagi №21-05/4949-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, farmasevtika sanoati talabiga mos keladigan 9,8-10,5 s/ga dorivorlik xususiyati yuqori bo‘lgan quruq barg hamda 16,7-17,4 s/ga urug‘ hosili yetishtirilgan;
Meksika bangidevonasini urug‘ va bargi hosildorligiga fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning P90K90 kg/ga me’yorlari qo‘llanilgan fonida ammoniy nitrat (NH4NO3), karbamid (CO(NH2)2), ammoniy sulfat ((NH4)2SO4) kabi azotli o‘g‘itlarning qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyatidagi Toshkent davlat agrar universitetining Qibray tumanidagi tajriba xo‘jaligida 0,588 ga, Yangiyo‘l tumani Muxtorxo‘ja nabiralari fermer xo‘jaligida 0,30 ga, Jamol ota-chorva nasl fermer xo‘jaligida 0,30 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 27-sentyabrdagi №21-05/4949-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Meksika bangidevonasini urug‘ va bargi hosildorligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar iqtisodiy samaradorligi hisoblanganda ishlab chiqarish xarajatlari qo‘shimcha yetishtirilgan hosilni miqdori yuqori bo‘lganligi uchun barg hosili yetishtirishdagi ishlab chiqarish xarajatlaridan 0,52-0,55 %ga yuqori bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish