Tursoatov Sobir Xolmirzaevichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za navlarining elita urug‘larini etishtirish uslubiyotini takomillashtirish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx343
Ilmiy rahbar: Mamaraximov Bunyod Ikramovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori., katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shadman Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Amanov Baxtiyor Xushbakovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘za navlarining elita urug‘larini etishtirishda nav originatorlari ishtirokining samaradorligini, elita xo‘jaliklari laboratoriyasida HVI uskunasidan foydalanishning ilmiy ahamiyatini asoslash va elita urug‘larini etishtirishda talablarni soddalashtirish asosida elita urug‘lar etishtirish usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba rayonlashgan g‘o‘za navlarining elita urug‘larini etishtirishda nav originatorlari ishtirokining samaradorligi asoslangan;
rayonlashgan g‘o‘za navlarining elita xo‘jaliklari laboratoriyasida tahlil o‘tkazishda HVI uskunasidan foydalanish samarasi aniqlangan;
ko‘chat qalinligini o‘zgartirish, urug‘lik paxta jamg‘arishda ko‘saklar ochilish me’yorini hisobga olgan holda terimni tashkil etishni belgilash hamda ko‘chat qalinligi o‘zgartirilganda urug‘lik paxta jamg‘arish miqdorining urug‘lik sifatlariga ta’siri aniqlangan;
g‘o‘za navlarining elita urug‘lik ko‘chatzorlarida ko‘chat qalinligi o‘zgartirilganda xo‘jalik belgilarining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
morfologik belgilar bo‘yicha soddalashtirilgan talablar asosida tahlil nazorat o‘tkazish, g‘o‘za navlarining elita urug‘larini etishtirish jarayonida navdorlikni saqlashda navlarga qo‘yiladigan morfologik belgilar bo‘yicha talablarni  soddalashtirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘za navlarini elita urug‘larini etishtirish uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:
elita urug‘lar ko‘chatzorlarida yakka va oilaviy tanlashlarni nav originatorlar ishtirokida olib borish, urug‘lik tanlash o‘tkazishda dala ko‘rigidan tashqari laboratoriyada HVI uskunasidan ham foydalanilishi, urug‘lik ko‘chatzorlarda ko‘chat qalinligini o‘zgartirish joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 fevraldagi 02/020-633-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elita urug‘lar etishtirish uslubi takomillashtirilgan, HVI uskunasidan g‘o‘za urug‘chiligi xo‘jaliklarida foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi VM-733-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi urug‘chilikni rivojlantirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori loyihasiga kiritilgan va Qarorning 4-bandi 8-xat boshida aks ettirilgan;
urug‘chilik xo‘jaliklarining urug‘lik ko‘chatzorlarida yakka va oilaviy tanlash o‘tkazishda muallif ishtirokidan foydalanish Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Bekzod Xo‘jamberdiev” elita urug‘chilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 fevraldagi 02/020-633-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasi sifatida xo‘jalikda “Beshqaxramon” g‘o‘za navining elita urug‘larini etishtirishda urug‘lik ko‘chatzorlarida nav originatorlari ishtirokida dala ko‘rigi va tanlash ishlari olib borilgan hamda navdorlikni yuqori darajada saqlashga erishilgan. Tolaning texnologik ko‘rsatgichlari, tola chiqimi 40-41 % gacha oshirilgan, mikroneyri 4,3-4,5 g.s. gacha o‘zgargan, tola uzunligi 34,1-34,9 mm gacha oshirilgan, solishtirma uzilish kuchi 27,3-29,1 g.s.teks gacha yaxshilangan.
DDEITI Qashqadaryo filialida g‘o‘zaning “Buxoro-102” navini elita urug‘larini etishtirish va jamg‘arishda nav originatorlari ishtirokida tanlash ishlari joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 fevraldagi 02/020-633-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nav tasnifida keltirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha saqlashga erishilganligi hamda gektar hisobida 66 ming dona ko‘chat joylashtirish orqali urug‘ jamg‘arish koeffisienti yuqori bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish