Mirzaev Agzam Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning innovatsion texnologiyalari”, 09.00.05 – Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari  (falsafa fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi   ro‘yxatga  olingan  raqam: B.2022.4.PhD/Fal877.
Ilmiy rahbar: Qodirov Anvar Qaxxorovich, falsafa  fanlari doktori, professor
Dissertatsiya  bajarilgan  muassasa  nomi: O‘zbekiston  Milliy  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston  Milliy  universiteti,  DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy  opponentlar: Musaev Faxriddin Abdusattorovich, falsafa fanlari doktori, professor; Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot:  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasi.
Dissertatsiya  yo‘nalishi:  nazariy-amaliy ahamiyatga  molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish jarayonida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning takomillashgan texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy xizmatchilarning xalqaro musobaqalarda doimiy ishtirokini ta’minlash, zamonaviy harbiy texnikalardan foydalanish malakalarini oshirish  va dunyo voqealarning mohiyatini tushuntiruvchi axborot soatlarini takomillashtirishning yoshlar ongida harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini oshirilishining  innovatsion texnologiyasi ekanligi ochib berilgan;
 harbiy ta’lim muassasalarida zamon talablariga javob beradigan islohotlarni o‘tkazish,  harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, namunali xizmati uchun munosib  rag‘batlantirishning  tizimli tashkil etilishi O‘zbekiston yoshlari ongida harbiy-vatanparvarlik immunitetini  shakllantirishning targ‘ibot texnologiyasi sifatida  amal qilishi asoslangan;
 harbiy burchini bajarish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning nomlarini abadiylashtirish, ular oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini tizimli tashkil etishning mafkuraviy ahamiyati yangi avlod vatanparvar yoshlarini tarbiyalash mexanizmi ekanligi isbotlangan;
diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, kiber zo‘ravonlikga qarshi kurashda armiya va yoshlar hamkorligini o‘rnatish, ularga mamlakatning mudofaa qudrati, zamonaviy harbiy texnologiyalar haqida  axborotlarning etkazilishi yoshlarda harbiy burchni bajarishga  mas’uliyatni oshirishning innovatsion texnologiyasi ekanligi  ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish jarayonida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning inklyuziv texnologiyalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
harbiy xizmatchilarning xalqaro musobaqalarda doimiy ishtirokini ta’minlash, zamonaviy harbiy texnikalardan foydalanish malakalarini oshirish  va dunyoda voqealarning mohiyatini tushuntiruvchi axborot soatlarini takomillashtirishning yoshlar ongida harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini  aniqlashning  innovatsion texnologiyasi ekanligiga oid g‘oyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining «2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi»ning X-yo‘nalishida belgilangan «Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar, shonli sanalarni keng aholi orasida targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish» deb nomlangan 43-bandida, harbiy qismlarda «Yangi O‘zbekiston va ma’naviy yangilanish», «Ma’rifatli jamiyat sari», «Yangi O‘zbekiston orzusi» shiorlari ostida davra suhbatlarini tashkil etish kabi tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 27-yanvardagi 02-22/60-son ma’lumotnomasi). Natijalar Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yoshlar salohiyatidan samarali foydalanish vazifasiga xizmat qilgan;
harbiy ta’lim muassasalarida zamon talablariga javob beradigan islohotlarni o‘tkazish,  harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularni namunali xizmati uchun munosib  rag‘batlantirishning  tizimli tashkil etilishi O‘zbekiston yoshlari ongida harbiy-vatanparvarlik immunitetini  shakllantirishning targ‘ibot texnologiyasi sifatida amal qilishiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari Agentligi tomonidan chaqiruvgacha bo‘lgan yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini qaror toptirish va mustahkamlash, Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘usini yuksaltirish bo‘yicha olib borilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligining 2023-yil 2-fevraldagi 4-13-18-95-son ma’lumotnomasi). Natijalar mamlakatimiz yoshlarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yanada kuchaytirish maqsadida, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilgan;
harbiy burchini bajarish vaqtida qahramonlarcha xalok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning nomlarini abadiylashtirish, ular oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini tizimli tashkil etishning mafkuraviy ahamiyati yangi avlod vatanparvar yoshlarini tarbiyalash mexanizmi ekanligiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘limi tomonidan Yangi O‘zbekistonning mudofaa qudratini oshirishda yoshlarning mamlakat milliy mustaqilligiga va uni mustahkamlashga daxldorlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, ularda jamiyatga yot bo‘lgan g‘oyalar, axloqiy buzuqlik va salbiy illatlarga nisbatan g‘oyaviy immunitetni mustahkamlash maqsadida mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida  tarbiyalash bo‘yicha «Mardlik va jasorat», «Tinchlik», «Mustaqillik» darslari, «Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!» shiori ostida uchrashuvlar, «Har bir yoshning qalbi va ongi uchun kurashamiz!» shiori ostida ma’naviyat festivallarini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘limining 2023-yil 11-martdagi 14/640-son ma’lumotnomasi). Natijalar mamlakat yoshlarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yanada kuchaytirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilgan;
diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, kiber zo‘ravonlikga qarshi kurashda armiya va yoshlar hamkorligini o‘rnatish, ularga mamlakatning mudofaa qudrati, zamonaviy harbiy texnologiyalar haqida  axborotlarning etkazilishining yoshlarda harbiy xizmatini bajarishga  mas’uliyatni oshirishning innovatsion texnologiyasi ekanligiga oid   O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yaratish, xalqparvar davlat barpo etish; mamlakatimizda adolat va qonun ustivorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish orqali yoshlarda vatanparvarlikni mustahkamlash bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish umumxalq, ya’ni ham davlat, ham nodavlat organlarning umumiy vazifasi ekanligi asoslangan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2023-yil 12-apreldagi 02/02-19-son ma’lumotnomasi). Natijalar «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi faoliyatida partiya tizimidagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkurviy targ‘ibot ishlariga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish