Toshboboev Abdusalim Jalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):  “Inson manfaatlari himoyasining mafkuraviy ahamiyati”,  09.00.05 – Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari (falsafa fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi   ro‘yxatga  olingan  raqam: B2023.2.PhD/Fal1010.
Ilmiy rahbar:  O‘tamuradov Akbar, falsafa  fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya  bajarilgan  muassasa  nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston  milliy  universiteti,  DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy  opponentlar:  Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot:  Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya  yo‘nalishi:  nazariy-amaliy ahamiyatga  molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inson manfaatlari himoyasini ta’minlashda ijtimoiy adolat mezoniga amal qilish xalqning rozi bo‘lib yashash omili ekanligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mafkura xalqni xalq, millatni millat sifatida tarbiyalash, fuqarolar dunyoqarashini o‘zgartirish omili sifatida amal qilishi uning ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashda tarixiy va falsafiy rolini tushunish targ‘ibot texnologiyasi ekanligi ochib berilgan;
yoshlarni ish bilan ta’minlash, xotin-qizlar va qariyalarning ijtimoiy  himoyasiga erishish kiber makondagi axborot xurujlariga qarshi immunitetni shakllantirish vositasi sifatida amal qilishi ochib berilgan;
g‘oyaviy tahdidlarning ma’naviy-mafkuraviy himoya tizimiga ta’siri, ijtimoiy manipulyativ texnologiyalarning qo‘llanishi jamiyatning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va qarama-qarshilik dialektik jihatdan ochib berilgan;
mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash targ‘ibot texnologiyalarini takomillashtirishda fuqarolar ongida ijtimoiy taraqqiyotga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, axborot xurujlarini saralash, zarur strategiyalarni tanlashda bilim-ma’rifatga tayanishning zarurati ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson manfaatlari himoyasining mafkuraviy ahamiyati mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
mafkura xalqni xalq, millatni millat sifatida tarbiyalash, fuqarolar dunyoqarashining o‘zgartirish omili sifatida amal qilishi uning ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashning targ‘ibot texnologiyasi ekanligining tarixiy, falsafiy ahamiyatiga oid g‘oyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” va “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish”ga oid targ‘ibot ishlarini tashkil etishda  foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 17 apreldagi 152-son ma’lumotnomasi). Natijalar aholi turli qatlamlari  ongida vatanga sadoqat ruhini tarbiyalashga xizmat qilgan;
yoshlarni ish bilan ta’minlash, xotin-qizlar va qariyalarning ijtimoiy  himoyasiga erishish kiber makondagi axborot xurujlariga qarshi immunitetni shakllantirish vositasi sifatida amal qilishiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining “Milliy madaniyat hamda ma’naviyatni rivojlantirish, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarni saqlash va boyitish sohasidagi” vazifalarini samarali amalga oshirishga oid targ‘ibot va ilmiy faoliyatining samaradorligini oshirishda foydalanilgan (Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2023 yil 17 apreldagi 02/02-20-son ma’lumotnomasi). Natijalar partiya elektoratining ijtimoiy ongini oshirish, islohotlarning samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;   
g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashda g‘oyaviy xavfsizlikni ta’minlash uchun salohiyat va resurslarni oqilona taqsimlash imkoniyatlaridan samarali foydalanish, boshqarish – ma’naviy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash sharti ekanligiga oid takliflardan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasining «Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi»ning «Barchasi o‘z qo‘lingda!» targ‘ibot dekadasini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 13 apreldagi 04-13/-21-982-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarda ogohlik va hushyorlik tuyg‘ularini oshirish va tashkilotning ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlardan amaliyotga qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mafkuraviy tahdidlarning ijtimoiy manipulyasiya sifatida amal qilishi yoshlar orasida turli shakllardagi jinoyatlarning avj olishi ta’sir etishi, shu bois ularning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish mexanizmi sifatida ma’naviy tarbiya targ‘ibot usullarini takomillashtirishning zarurligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, voyaga etayotgan yosh avlodni ilmiy faoliyatga jalb etish ularni “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, yoshlarga oid davlat siyosati targ‘ibotini tashkil etish va amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishga foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2023 yil 20 apreldagi 01/23/366-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ular ongida vatan tuyg‘usini shakllantirish va bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish, dam olish madaniyatining shakllanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish