Olimova Muxtasar Rayimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Inson manfaatlari himoyasining mafkuraviy ahamiyati”,  09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi   ro‘yxatga  olingan  raqam: B2022.2.PhD/Fal781.
Ilmiy rahbar:  Shermuxamedova  Nigina Arslanovna, falsafa  fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya  bajarilgan  muassasa  nomi: O‘zbekiston  Milliy  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston  Milliy  universiteti,  DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy  opponentlar:  Haydarov Xurram Farmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Tulenova Gulmira Jondorovna, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot:  Toshkent Tibbiyot Akademiyasi.
Dissertatsiya  yo‘nalishi:  nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inson manfaatlari himoyasini ta’minlashda ijtimoiy adolat mezoniga amal qilish xalqning rozi bo‘lib yashash omili ekanligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insonning iqtisodiy manfaatlari va ijtimoiy ehtiyojlari mutanosibligining ta’minlanishi jamiyatning barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish omili sifatida mafkuraviy ahamiyat kasb etishi ochib berilgan;
insonning ma’naviy manfaatlari va iste’mol madaniyati mutanosibiligining ta’minlanishi sababli ijtimoiy-madaniy takror ishlab chiqarish jarayonida shaxs madaniyati va uning mafkuraviy jarayonlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishning ahamiyatining oshganligi asoslangan;
iqtisodiy faoliyat moddiy ishlab chiqarishning mezoni sifatida ma’naviy, axloqiy, ijtimoiy faoliyat turlarini qamrab olishi va ularning inson manfaatlarini ta’minlanishida ishtirok etib davr ruhiga moslashib borishining mafkuraviy ahamiyati ochib berilgan;
odamlarning manfaatlari mehnat faoliyati maqsadini oldindan belgilab beruvchi asos vazifasini bajarishi, maqsadsiz faoliyat inson hayotining ma’nosini yo‘qotishiga olib kelishi, mehnat jarayonida odamlarning qobiliyati rivojlanishi va ro‘yobga chiqishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson manfaatlari himoyasining mafkuraviy ahamiyati mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida
insonning iqtisodiy manfaatlari va ijtimoiy ehtiyojlari mutanosibiligining ta’minlanishi jamiyatning barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish omili sifatida mafkuraviy ahamiyat kasb etishiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilda rejalashtirgan faoliyati va aholining ma’naviy madaniyatini shakllantirishga oid turkum o‘quv qo‘llanmalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 15-sentyabrdagi 02-22/964-son ma’lumotnomasi). Natijalar aholi ongida uy xo‘jaligining iqtisodiy barqarorligiga erishishda manfaat va ehtiyojlar uyg‘unligini ta’minlashning ahamiyatini tushunishga xizmat qilgan;
insonning ma’naviy manfaatlari va iste’mol madaniyati mutanosibiligi ta’minlanishi sababli ijtimoiy-madaniy takror ishlab chiqarish jarayonida shaxs madaniyati va uning mafkuraviy jarayonlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishning ahamiyati ga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar agentligining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar agentligining 2023-yil 11-avgustdagi 1-17-21-2245-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarda iste’mol madaniyatini shakllantirish, xususiy tadbirkorlik faoliyatini tizimli tashkil etishga xizmat qilgan;
iqtisodiy faoliyat moddiy ishlab chiqarishning mezoni sifatida ma’naviy, axloqiy, ijtimoiy faoliyat turlarini qamrab olishi va ularning inson manfaatlarini ta’minlanishida ishtirok etib davr ruhiga moslashib borishining mafkuraviy ahamiyatiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati faoliyatida 2023-yil 6-sentyabrdagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijalar inson manfaatlari himoyasini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini aholi turli qatlamlari ongiga singdirishga oid turkum ko‘rsatuvlarni tashkil etishga xizmat qilgan;
odamlarning manfaatlari mehnat faoliyati maqsadini oldindan belgilab beruvchi asos vazifasini bajarishi, maqsadsiz faoliyat inson hayotining ma’nosini yo‘qotishiga olib kelishi, mehnat jarayonida odamlarning qobiliyati rivojlanishi va ro‘yobga chiqishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”  DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muhaririyati faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2023-yil 6-avgustdagi 04-36-1244-son ma’lumotnomasi). Natijalar fuqarolarning maqsadli mehnatni tizimli tashkil etish, bo‘sh vaqtdan samarali foydalanish, dam olish madaniyatini o‘rganishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish