Karimova Sadoqat Tohirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarni yuksaltirishning mafkuraviy mexanizmlari”,  09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi   ro‘yxatga  olingan  raqam: B2022.1.PhD/Fal780.
Ilmiy rahbar:  Shermuxamedova  Nigina Arslanovna falsafa  fanlari doktori, professor
Dissertatsiya  bajarilgan  muassasa  nomi: O‘zbekiston  Milliy  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston  Milliy  universiteti,  DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy  opponentlar:  Amriddinova Dilrabo Tursunovna falsafa fanlari doktori, professor; Yaxshilikov Jo‘ravoy Yaxshilikovich falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot:  Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Dissertatsiya  yo‘nalishi:  nazariy-amaliy ahamiyatga  molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni takomillashtirish, dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlashning ijtimoiy barqarorlik omili sifatidagi ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
millatlararo totuvlikning davlat siyosati ustuvor yo‘nalishlarining biri sifatida mamlakatda yashayotgan aholining o‘zaro hamkorligi va ijtimoiy himoyasining tengligini ta’minlashda  namoyon bo‘lishi asoslangan;
ishlab chiqarish korxonalarida turli millat vakillari uchun teng huquq va imkoniyatlarning yaratilishi iqtisodiy barqarorlik  va millatlararo totuvlik va ijtimoiy taraqqiyot omili  ekanligi ochib berilgan;
O‘zbekistondagi milliy madaniy markazlar turli millatlarning o‘z-o‘zini anglash,  urf-odatlari va an’analarini tiklash mexanizmi sifatida faoliyat olib borishi millatlararo totuvlik va hamjihatlikni takomillashtirish mezoni ekanligi asoslangan;
millatlararo totuvlik  mamlakat barqarorligini ta’minlash, xalqaro munosabatlarni takomillashtirish, ijtimoiy taraqqiyot va siyosiy xavfsizlikka erishishning  mafkuraviy omili ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Millatlararo totuvlikni takomillashtirishning mafkuraviy ahamiyati mavzusida olib borilgan tadqiqot  natijalari asosida:
millatlararo totuvlikning davlat siyosati ustuvor yo‘nalishlarining biri sifatida mamlakatda yashayotgan aholining o‘zaro hamkorligi va ijtimoiy himoyasining tengligini ta’minlashda namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi markaz xodimlarining mazkur sohadagi bilimlarini oshirishda, ularning fuqarolar bilan munosabatlarida millatlararo totuvlikka erishishlarini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 30-10-7/6-son ma’lumotnomasi). Natijalar, davlat siyosatida aholi barcha qatlamlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga oid mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ishlab chiqarish korxonalarida turli millat vakillari uchun teng huquq va imkoniyatlarning yaratilishi  iqtisodiy barqarorlik  va millatlararo totuvlik omili ekanligiga oid xulosalardan «Yoshlar – kelajagimiz jamg‘armasi» foydalanilgan (Yoshlar – kelajagimiz jamg‘armasi»ning 2023-yil 11-maydagi 04.-13/174-son ma’lumotnomasi). Natijalar, aholining mamlakatdagi tinchlikni saqlashga individual hissa qo‘shishning ahamiyatini tushunish va bunga erishish uchun maqsadli faoliyatni tashkil etishga xizmat qilgan;
O‘zbekistondagi milliy madaniy markazlar turli millat vakillarining o‘z-o‘zini anglash,  urf-odatlari va an’analarini tiklash mexanizmi sifatida faoliyat olib borishi millatlararo totuvlik va hamjihatlikni takomillashtirish mezoni ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» teleradiokanalining informatsion dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda, shu sohaga oid «Maxsus reportaj» va «Yangiliklar 24» dasturlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teliradiokompaniyasining 2023-yil 24-maydagi ma’lumotnomasi). Natijalar, yosh avlod dunyoqarashini shakllantirishda oid yo‘riqnoma, qo‘llanmalarni samarali amalga oshirishda va yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, aholi qatlamlari, xususan, yoshlar ongida jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini  tushunishga xizmat qilgan;             
millatlararo totuvlikni ta’minlashning mamlakat barqarorligi va xalqaro nufuzi, ijtimoiy taraqqiyot va siyosiy xavfsizlikka erishishning muhim omili ekanligi oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  PQ-92-son  Qarorining 3-bo‘lim «b» bandida ko‘rsatilgan vazifalarni, hamda VQ-550-son qarori bo‘yicha shakllantirilgan agentlik nizomining «v», «i» kichik bandida ko‘rsatilgan yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish,  yosh avlodni jismonan barkamol qilib voyaga etkazish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalari bo‘yicha  vazifalarini amalga oshirishda foydalanildi. Bu vazifalarni amalga oshirish shakllari, usullari va mexanizmlarini ishlab chiqishda «Yoshlar – kelajagimiz jamg‘armasi» foydalanilgan 2022-yilga mo‘ljallangan  dasturini va dasturning bandlari ijrosini ta’minlash, yosh avlod dunyoqarashini shakllantirishga oid yo‘riqnoma, qo‘llanmalarni samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 9-maydagi 3-02-21-1233-son ma’lumotnomasi). Natijalar, yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, aholi turli qatlamlari, xususan, yoshlar ongida jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar g‘oyadan reallik sari yuksalayotganligi haqida ishonch mustahkamlanishi kabi vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish