Qurbonova Moxinur Abdusoli qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotida okkazional lisoniy birliklarning qo‘llanilishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2169.
Ilmiy rahbar: Rozikova Gulbaxor Zaylobidinovna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor; To‘xtasinova Odina Yusupovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi milliy uyg‘onish davri – XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlariga oid yozma manbalar tilida okkazional birliklarning tarkibi, derivatsion va semantik xususiyatlari, gapdagi uslubiy va badiiy-estetik vazifasini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
okkazional birliklar bo‘yicha jahon, turkologiya, o‘zbek tilshunosligida amalga oshirilgan ishlar asosida okkazionalizm hodisasining mohiyati, uning neologizm, potensializm hodisalari bilan o‘xshash va farqli xususiyatlari ochib berilgan;
milliy uyg‘onish davri – XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlariga oid asarlarda qo‘llangan leksik okkazional birliklar tarkibiga ko‘ra tub so‘z shaklidagi, yasovchi affiks hamda affiksoidlar yordamida yasalgan, shakl yasovchi affikslar yordamida hosil qilingan hamda qo‘shma so‘z shaklidagi okkazional birliklar ekanligi asoslangan;
okkazional birliklar semantik-uslubiy xususiyatiga ko‘ra shaxsning kasb-korini ifodalovchi, narsa-buyum ma’nosini bildiruvchi, ilmiy atama, o‘rin-joy ma’nosidagi, his-tuyg‘u va mavhum tushunchalarni anglatuvchi, belgi va harakat ifodalovchi birliklar sifatida ularning nominativ-uslubiy xususiyatlari aniqlangan;
milliy uyg‘onish davriga oid asarlarda qo‘llangan okkazional metaforalar, okkazional o‘xshatishlar, okkazional ibora va maqollarning asar badiiyatini ta’minlashdagi muhim o‘rni, davr bilan bog‘liq sinergetik jarayonlar ochib berilib, okkazional birliklarning ijodkor uslubining vositasi sifatidagi xususiyatlari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotida okkazional lisoniy birliklarning qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy uyg‘onish davri – XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlariga oid asarlarda qo‘llangan leksik okkazional birliklarning tarkibiga, semantik xususiyatiga ko‘ra tasnifi, ularning derivatsion va nominativ-uslubiy xususiyatlariga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yilda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 12-maydagi 04/1–927-son ma’lumotnomasi). Natijada okkazional birliklar bilan bog‘liq nazariy fikrlar mazkur ta’limiy korpusning ilmiy dalillar asosida boyishiga xizmat qilgan;
okkazionalizm hodisasining mohiyati, uning neologizm, potensializm hodisalari bilan o‘xshash va farqli xususiyatlariga oid xulosa va tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yilda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 12-maydagi 04/1–927-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari asosida loyiha doirasida yaratilgan o‘quv lug‘atlari mobil ilovasining misollar bilan boyishiga xizmat qilgan.
milliy uyg‘onish davriga oid asarlarda qo‘llangan okkazional metaforalar, okkazional o‘xshatishlar, okkazional ibora va maqollarning asar badiiyatini ta’minlashdagi o‘rni, davr bilan bog‘liq sinergetik jarayonlar, okkazional birliklarning ijodkor uslubining vositasi sifatidagi xususiyatlariga oid nazariy xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2019-2021 yillarga bajarilgan “EMI (English as a Medium of Instruction)” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 15-dekabrdagi 04/6266-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning turli tillarda rasmiy uslub va hujjatlar tilining farqli va o‘xshash jihatlarini tahlil qilish bo‘limlari ilmiy dalillar asosida boyitilgan;