Tashova Dilorom Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqillik davri she’riyatida badiiy shakl izlanishlari”, 10.00.02 – Oʻzbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3363.
Ilmiy rahbar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Isroiljon Isomiddinovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ulug‘ov Abdulla O‘zbekovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi istiqlol yillari o‘zbek she’riyatidagi badiiy shakl izlanishlarini yaxlit tizim tarzida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy shakl tushunchasi, mohiyati, janr hodisasi bilan munosabati, uning ijodkor individualligini belgilab berishi ochib berilib, jahon she’riyati ta’sirida rivojlangan ignabarg, tasbeh, sonetlar gulchambari, geometrik belgi singari badiiy shakl namunalariga xos spesifik xususiyatlar aniqlangan;
mustaqillik davri she’riyatida o‘zbek mumtoz she’riyati an’analari asosida yuzaga kelgan badiiy shakllar fard-ikkilik-ikkiqatlar-muqarnas, musallas-uchchanoq-uchpaxsa-uchlik, ruboiy-tarona-chorzarb-so‘taruboiy-to‘rtqavatlilar, muxammas-beshlik-beshnavo tizimida dalillangan;
masnaviy, musallas, muxammas, musaddas singari musammat tizimidagi  she’rlar, ularning davr she’riyatidagi namunalariga xos asosiy belgilar: mumtoz adabiyotdagi kabi an’anaviy qofiya shakliga egaligi, undagi yangilanishlar, barmoq vaznida yozilishi, mavzu rang-barangligi asoslangan;  
taronaning ruboiy va to‘rtlikning uyg‘un shakli sifatida yuzaga kelganligi (J.Kamol), to‘rtqavatlilarning didaktik mazmun ifoda etishi, yangi fikr va obrazlarga boyligi (A.Obidjon), qisqa satrlar hayotiyligi, kompozision butunligi, tugalligi bilan zamonaviy adabiyotdagi to‘rtliklarga uyg‘unligi (S.Sayyid), chorzarblarning har bir misrasida zarb bilan aytilgan falsafiy fikr-qarashlar aks etganligi (A.Hamro) isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davri she’riyatida badiiy shakl izlanishlari mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
badiiy shakl tushunchasi, mohiyati, janr hodisasi bilan munosabati, uning ijodkor individualligini belgilab berishi yoritilgan; jahon she’riyati ta’sirida rivojlangan ignabarg, tasbeh, sonetlar gulchambari, geometrik belgi singari badiiy shakl namunalariga xos spesifik xususiyatlar tizimida tekshirilgan xulosalardan RZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” (2020-2022-yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 29-iyuldagi 01/10-1433-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida yuzaga kelgan yangi badiiy shakllar haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
mustaqillik davri she’riyatida o‘zbek mumtoz she’riyati an’analari asosida yuzaga kelgan badiiy shakllar fard-ikkilik-ikkiqatlar-muqarnas, musallas-uchchanoq-uchpaxsa-uchlik, ruboiy-tarona-chorzarb-so‘taruboiy-to‘rtqavatlilar, muxammas-beshlik-beshnavo tizimida dalillangan ilmiy qarashlardan A-OT-2021-2-raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish”  mavzusidagi  amaliy loyihani  bajarishda foydalangan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 4-sentyabrdagi 04/2562-son ma’lumotnomasi). Natijada Istiqlol davri o‘zbek tibbiy atamalarning adabiyotdagi ramziy-metaforik ma’nolari haqida olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
masnaviy, musallas, muxammas, musaddas singari musammat tizimidagi  she’rlar, ularning davr she’riyatidagi namunalariga xos asosiy belgilar: mumtoz adabiyotdagi kabi an’anaviy qofiya shakliga egaligi, undagi yangilanishlar, barmoq vaznida yozilishi, mavzu rang-barangligiga oid qarashlardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Ijod zavqi”, “Maxsus reportaj” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 30-avgustdagi 02-09-229-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning Istiqlol davri o‘zbek she’riyatidagi yangi badiiy shakl izlanishlari bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratgan, adabiy ko‘rsatuvlar zaxirasini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish