Nazarova Laylo Geldimurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Sudga qadar ish yurituvida shaxsning mulkiy huquqlarini cheklash mexanizmini takomillashtirish», «12.00.09 — Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi» ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu979.
Ilmiy rahbar: Xayriev Nodirjon Isroilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Zakurlaev Abdumutalib Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: IIV Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sudga qadar jinoyat ishini yuritishda shaxs mulkiy huquqlari cheklanishi mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan normalarini asosida sohadagi ilmiy konseptual yondashuvlarni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxsga tegishli bo‘lmagan mol-mulkning sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi, aybsizligi holati aniqlanganligi sababli qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib berilishi kerakligi asoslab berilgan;
jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini mas’ulyatsizlik bilan yondashib buzgan taqdirda jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan boshqa shu kabi holatlarda garov sud ajrimi bilan davlat mulkiga o‘tkazilishi kerakligi asoslangan;
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan mol-mulkni xatlash to‘g‘risida qaror chiqarilgandan keyin, turli moliyaviy operatsiyalarni to‘xtatib turish, legallashtirish va boshqa turli xil yo‘llar bilan xatlangan mol-mulkka ziyon etmasligi uchun surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan garov reestriga bir kun ichida tegishli yozuv kiritilishi zarurligi asoslab berilgan;
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan mol-mulkning xatlanganligi bekor qilingan taqdirda, shaxsning mulkiy huquqlariga va mulkiga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarni bartaraf etish maqsadida garov reestridan mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi yozuv chiqarib tashlanishi zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishni sudga qadar yuritishda shaxsning mulkiy huquqlarini cheklash mexanizmini ilmiy tadqiq etish yuzasidan olingan natijalar asosida:
gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga tegishli bo‘lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib berilishi kerakligini nazarda tutuvchi taklifdan 2017 yil 16 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-448-son Qonunning 4-moddasi 1-bandi ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2023 yil 8 maydagi 04/1-13-10-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat ishida ashyoviy dalil deb topilgan mulkning qonuniy egasi huquqlarini kafolatlashga xizmat qilgan;
gumon qilinuvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda garov sud ajrimi bilan davlat mulkiga o‘tkazilishini nazarda tutuvchi taklifdan 2018 yil 18 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-476-son Qonunning 13-moddasi 13-bandi 8-xatboshisi ishlab chiqilishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2023 yil 8 maydagi 04/1-13-10-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxsning mulkiy huquqlarini cheklash asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mol-mulkni xatlash to‘g‘risida qaror chiqarilgandan keyin surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan garov reestriga bir kun ichida tegishli yozuv kiritilishi zarurligini nazarda tutuvchi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 22 oktyabrdagi “Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-572-sonli Qonunning 3-moddasi 1-bandi ishlab chiqilishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2023 yil 8 maydagi 04/1-13-10-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat natijasida etkazilgan zararni qoplash mexanizmini mustahkamlashga xizmat qilgan;
mol-mulkning xatlanganligi bekor qilingan taqdirda garov reestridan mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi yozuv chiqarib tashlanishi zarurligini nazarda tutuvchi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 22 oktyabrdagi “Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-572-sonli Qonunning 3-moddasi 2-bandi ishlab chiqilishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2023 yil 8 maydagi 04/1-13-10-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi gumon qilinuvchi, ayblanuvchining o‘z mulkiga nisbatan huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan.