Iminov Jasurbek Tulkunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon   

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharq xalqlari birinchi sezdida O‘rta Osiyodan qatnashganlar va ularning taqdiri (1920¬-1938-yillar), 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tar33.
Ilmiy rahbar: Shamsutdinov Rustambek Temirovich, tarix tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Tchoroev Tyntchtykbek Kadirmambetovich, tarix fanlari doktori, professor; Saidov Ilhomjon Muxitdinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:   Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Sharq xalqlari birinchi sezdida muhokama qilingan masalalar mohiyati va O‘rta Osiyodan qatnashgan vakillar taqdirini o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq xalqlarining birinchi sezdi va unda ko‘rilgan masala, qabul qilingan qarorlar va ularning ahamiyati, xalqaro anjumanda Turkiston ASSR, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) va Buxoro xalqlarini jahon imperializmiga qarshi kurashga safarbar qilish, sovetlarning yordami bilan sotsializm g‘oyasi va amaliyotini butun Sharq olamiga tatbiq qilish, dunyo bo‘yicha kommunistik tuzumni o‘rnatish uchun qilingan dastlabki harakatlardan biri ekanligi, bunda O‘rta Osiyo, Kavkazortida o‘rnatilayotgan sovet tizimini o‘rnak qilib ko‘rsatish maqsad qilib olinganligi ochib berilgan;
Bokudagi Sharq xalqlari birinchi sezdida Turkiston, Xorazm, Buxorodan ishtirok etgan vakillarning sezddagi faoliyati, ijtimoiy holati, milliy tarkibi aniqlangan;
Turkiston vakillarining milliy masaladagi muxolifat qarashlari, sezdda, Kaspiyorti matbuotida bolsheviklarning Turkiston, Xorazm, Buxoroda yuritayotgan mustamlakachilik siyosati va amaliyotining fosh etilishi asoslangan;
 O‘rta Osiyo vakillarining sezddan keyingi faoliyati, ularning muxolifat qarashlari va amaliyoti, sovet hokimiyatining jazo kuch ishlatish organlari tomonidan ta’qibga olinganligi, qatag‘on qilinganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharq xalqlari birinchi sezdida Turkistondan qatnashgan vakillarning ijtimoiy, milliy kasbiy tarkibini tahlil qilish, bolshevizmning O‘rta Osiyo respublikalarida yuritgan milliy siyosati va unga qarshi milliy muxolifatning maydonga kelishi va qatag‘on qilinishi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Sharq xalqlarining birinchi sezdi  va unda ko‘rilgan masala, qabul qilingan qarorlar va ularning ahamiyati, o‘sha xalqaro anjumanda Turkiston ASSR, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) va Buxoro xalqlarini jahon imperializmiga qarshi kurashga safarbar qilish, sovetlarning yordami bilan sotsializm g‘oyasi va amaliyotini butun Sharq olamiga tatbiq qilish, er kurrasi bo‘yicha kommunistik tuzumni o‘rnatish uchun qilingan dastlabki harakatlardan biri ekanligi, bunda O‘rta Osiyo, Kavkazortida o‘rnatilayotgan sovet tizimini o‘rnak qilib ko‘rsatish maqsad qilib olinganligi hamda Bokudagi Sharq xalqlari birinchi sezdida qatnashgan delegatlarning milliy tarkibi, ijtimoiy kelib chiqishlari, Turkiston, Xorazm, Buxorodan ishtirok etgan vakillarning sezddagi faoliyati va ularning kelib chiqishi, ijtimoiy holati, milliy tarkibiga oid ma’lumotlardan Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ekspozisiyasining “Kollektivlashtirish quloqqa tortish, surgun va ularning fojiali oqibatlari” bo‘limi eksponatlaridan foydalanildi (O‘zR VM huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2023-yil 7-martdagi 102-son ma’lumotnomasi). Ushbu materiallar sovet hokimiyatining O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati va uning oqibatlarini to‘laqonli yoritishga xizmat qilgan;
Turkiston vakillarining milliy masaladagi muxolifat qarashlari, sezdda, Kaspiyorti matbuotida bolsheviklarning Turkiston, Xorazm, Buxoroda yuritayotgan mustamlakachilik siyosati va amaliyotining fosh etilishi va O‘rta Osiyo vakillarining sezddan keyingi faoliyati, ularning muxolifat qarashlari va amaliyoti, sovet hokimiyatining jazo kuch ishlatish organlari tomonidan ta’qibga olinishi, qatag‘on qilinishiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “MAHALLA” telekanalida efirga uzatilgan 2023-yil fevral oyida “Inson aziz” rukni ostida tayyorlangan xassos shoir va jadid – Abdulhamid Cho‘lpon haqidagi ko‘rsatuvning senariysini yozishda foydalanilgan (Milliy teleradiokompaniya Mahalla telekanali davlat muassasasining 2023 -yil 12 -apreldagi 01-13-474-son ma’lumotnomasi). Natijada Abdulhamid Cho‘lpon haqidagi ma’lumotlar ilmiy jihatdan asoslangan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish