Usmonova Durdona Asatilloevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovuqqa qarshi kompleks qo‘shimchalarning og‘ir beton xossalariga ta’siri» tomonidan
05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2961
Ilmiy rahbar: Shakirov Tuyg‘unjon Turg‘unovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSC.26/30.12.2019.T.11.01
Rasmiy opponentlar: Bahodirov Azizbek Abdulazizovich, texnika fanlari doktori, professor, Yusupov Raximbay Rixsibaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yaxlit temirbeton konstruksiyalarni qishki betonlashda kompleks kimyoviy qo‘shimchalarning og‘ir beton xossalariga ta’sirini tadqiq qilish va ularni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berish, shuningdek manfiy haroratlarda qurilish samaradorligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
beton qorishmasiga modifikatsiya qiluvchi, qulay joylashtirilishini va sovuqqa chidamliligini ta’minlaydigan, kompleks kimyoviy qo‘shimcha qo‘shish orqali betonning struktura hosil bo‘lish mexanizmi nazariy jihatdan asoslangan;
manfiy haroratlarda kalsiy gidrosilikatlarini tashkil etuvchi ionlarning yuqori to‘yinganligi tufayli zarralar orasidagi bog‘lanishlarning maksimal soni hosil bo‘lishi aniqlangan, g‘ovakligi past va mustahkamligi yuqori bo‘lgan beton tarkibi matematik modellashtirish usuli yordamida ishlab chiqilgan;
o‘rganilayotgan kompleks kimyoviy qo‘shimcha “Beton-strong17” "iliq" betonga nisbatan samaradorligini baholashning keng qamrovli usuli taklif etilgan, shu jumladan beton qorishmasiga ta’sirini aniqlash va sement strukturasini jipslashishi, betonning sho‘ralashi, keyinchalik beton mustahkamligini oshishiga, beton va temirbetonning chidamliligi (o‘tkazuvchanlik, sovuqqa chidamliligi, betonning armaturaga nisbatan himoya xususiyatlari, betonning korroziyaga chidamliligi) ta’minlab berishi amaliy jihatdan isbotlangan;
“Beton-strong17” tarkibida nitrit nitratlarning borligi sovuq haroratda betonning muzlashiga qarshilik ko‘rsatib, uning mustahkamligini saqlab qolish bilan birga armaturani korroziyaga olib kelmasligi ilmiy va amaliy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Manfiy haroratlarda “Beton-strong17” kompleks kimyoviy qo‘shimcha asosida ishlab chiqilgan og‘ir betonlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Gidro-montaj stroy” TTB MChJ ishlab chiqarish tashkiloti Nukus shaharsozlik qurilishiga mo‘ljallangan binolar va inshootlar uchun betonlashda foydalanilgan (“Gidro-montaj stroy” TTB MChJ tomonidan berilgan 2022 yil 25 fevraldagi dalolatnoma). Natijada, manfiy haroratlarda qorishma tarkibiga kompleks kimyoviy qo‘shimcha qo‘shish orqali uning muzlab qolmasligi ta’minlanishiga erishilgan.
“CONCRETE BUILD” TTB MChJ Nukus shaharsozlik qurilishiga mo‘ljallangan bino va inshootlar uchun beton mahsulotlarini betonlashda foydalanilgan (“CONCRETE BUILD” TTB MChJ tomonidan berilgan 2022 yil 25 fevraldagi dalolatnoma). Natijada, manfiy haroratlarda qorishma tarkibiga “Beton-strong17” kompleks kimyoviy qo‘shimcha qo‘shish orqali qurilish maydoniga yotqizilgan qorishmning qulay joylashuvchanligiga erishilgan.
“ULKAN INShOOT QURILISh SERVIS” MChJ Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv 6 mavzesida qurilayotgan 11 qavatli turar joy binosining temirbeton orayopma plitalari karkaslari va poydevor qismini qurish jarayonida foydalanilgan (“ULKAN INShOOT QURILISh SERVIS” MChJ tomonidan 2022 yil 20 dekabrda berilgan dalolatnomalar). Natijada manfiy haroratda qurilish maydonida yotqizilgan qorishmaning qotish muddatining boshlanish vaqti tez bo‘lganligi hisobiga, betonning 7 kundagi mustahkamligi buzmasdan tekshirish usuli “HT225-V Elektron Molotok Shmit” yordamida tekshirilganda Rsiq =30 MPa ga ega bo‘lishiga erishilgan.
“Ko‘prikqurilish” tresti Toshkent shahar er usti metro qurilish liniyasi 2 bosqichida asosiy yuk ko‘taruvchi asosiy tayanch ustuni (tela opora) (Bl-2600kr.sr) oraliq qurilmalari qurish jarayonida foydalanilgan.(“Ko‘prikqurilish” tresti 67-ko‘prik qurilish otryadi tomonidan 2022-yil 18-dekabrda berilgan dalolatnomalar) va O‘zbekiston Respulikasi Qurilish vazirligi tomonidan 2023 yil 23 oktyabrdagi № 08-06/10882-son ma’lumotnomasi). Natijada manfiy haroratlarda 1m3 og‘ir beton uchun ishlab chiqilgan tarkibda sement sarfi 30% ga kamaygan va 92400 so‘m iqtisod qilishga hamda boshqa usullarga qaraganda (masalan, qishki betonlashdagi termos usuli) mehnat sarfini sezilarli darajada kamayishiga erishilgan.