Xoldarov Fidokor Erkinboy o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ixtisoslashtirilgan transport vositalari shinalarining eyilish intensivligini aniqlash uslubini ishlab chiqish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2952.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xalmuxamedov Aziz Suratovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Axmedov Doniyor Anvarjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, mayor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ixtisoslashtirilgan transport vositalari shinalarining eyilishi intensivligini nazariy aniqlash uslubini ishlab chiqish va ularning haqiqiy yurish normalarini bashoratlash.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikaning turli hududlarida ekspluatatsiya qilinadigan ixtisoslashtirilgan transport vositalari shinalarining murakkab yo‘l sharoiti ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ixtisoslashtirilgan transport vositalari shinalarining ekspluatatsiya sharoiti, yuklanishi va shinaning konstruktiv hamda texnik tavsiflarini hisobga olgan holda eyilish intensivligi va haqiqiy yurish yo‘lini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
ixtisoslashtirilgan transport vositalari shinalarining resursini ekspluatatsiya sharoitiga, yuklanishi va shinaning konstruktiv hamda texnik tavsiflarini hisobga olgan bog‘lanishlari aniqlangan;
ekspluatatsiya sharoitiga bog‘liq ravishda yo‘l va shina protektori g‘adir–budirliklari koeffisientlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ixtisoslashtirilgan transport vositalari shinalarining eyilish intensivligini aniqlash uslubini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Qizilqumsement” AJ, “Maxsustrans” DUK, “O‘zgeoburneftegaz” AKning “Neft va gaz quduqlarini sinash” OAJga ixtisoslashtirilgan transport vositalarining shinalarini ekspluatatsiya qilish ish rejimi ko‘rsatkichlari joriy qilindi (“Qizilqumsement” AJning 2023 yil 26 iyuldagi 02-49/1042-son ma’lumotnomasi; “Maxsustrans” DUKning 2023 yil 13 iyundagi ma’lumotnomasi; ”O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 26 iyuldagi 08-18-8-573-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslashtirilgan transport vositalarining shinalarini eyilish intensivligini va haqiqiy yurish yo‘lini hisoblash uchun zarur bo‘lgan tashqi parametrlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
“Qizilqumsement” AJ, “Maxsustrans” DUK, “O‘zgeoburneftegaz” AKning “Neft va gaz quduqlarini sinash” OAJga ixtisoslashtirilgan transport vositalari shinalarining turli sharoitlarda eyilish intensivligi va haqiqiy yurish yo‘lini hisoblash uslubi joriy qilindi (“Qizilqumsement” AJning 2023 yil 26 iyuldagi 02-49/1042-son ma’lumotnomasi; “Maxsustrans” DUKning 2023 yil 13 iyundagi ma’lumotnomasi; “O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 26 iyuldagi 08-18-8-573-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslashtirilgan transport vositalari shinalarining eyilish intensivligi va haqiqiy yurish yo‘li qiymatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
“Qizilqumsement” AJ, “Maxsustrans” DUK, “O‘zgeoburneftegaz” AKning “Neft va gaz quduqlarini sinash” OAJga shina resursining ekspluatatsiya sharoiti, yuklanishi va shinaning konstruktiv hamda texnologik xarakteristikalariga bog‘liq bog‘lanishlari joriy qilindi (“Qizilqumsement” AJning 2023 yil 26 iyuldagi 02-49/1042-son ma’lumotnomasi; “Maxsustrans” DUKning 2023 yil 13 iyundagi ma’lumotnomasi; ”O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 26 iyuldagi 08-18-8-573-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslashtirilgan transport vositalari shinalarining resursi aniqlashtirilgan;
Ilmiy natijalarni qo‘llash orqali “Qizilqumsement” AJ, “Maxsustrans” DUK, “O‘zgeoburneftegaz” AKning “Neft va gaz quduqlarini sinash” OAJda aniqlangan muddatlarda shinalarni ekspluatatsiyadan chiqarish orqali ixtisoslashtirilgan transport vositalari xavfsiz ishlatish imkoniyati yaratildi. Mazkur tadqiqotni olib borish uchun Toshkent davlat transport universiteti bilan “Qizilqumsement” AJ o‘rtasida 2016 yil 13 aprelda 29,424 mln.so‘mlik 132/2016-son xo‘jalik shartnomasi, “Maxsustrans” DUK o‘rtasida 2020 yil 6 yanvarda 58,0 mln.so‘mlik 229/2020-son xo‘jalik shartnomasi va “O‘zgeoburneftegaz” AKning “Neft va gaz quduqlarini sinash” OAJ o‘rtasida 2013 yil 28 yanvarda 43,4 mln. so‘mlik 199/2013-son xo‘jalik shartnomasi tuzilgan. Tadqiqot ishi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, transport vositalarini xavfsiz ishlatishga qaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish