Hojiev Murodjon Bozorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Zarafshon daryosi quyi oqimi ikkipallali (Bivalvia: Unionidae, Corbiculidae) mollyuskalari faunasi va ekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B796.
Ilmiy rahbar: Boymuradov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Abdurashid Rayimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Pazilov Abduvaeit, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon daryosi quyi oqimida ikkipallali mollyuskalar (Bivalvia: Unionidae va Corbiculidae) tarqalishiga suv muhiti ta’sirini baholash hamda muhofaza choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zarafshon daryosi quyi oqimi suv ekotizimlarida Bivalvia sinfi Unionidae va Corbiculidae oilalariga mansub ikki pallali mollyuskalarining 9 tur va 2 ta kenja turlardan iborat faunasi aniqlangan;
ikki pallali mollyuskalarning daryolar, suv omborlari, kanallar va kollektor-zovurlarda tarqalishiga suv muhitining ta’siri, ekologik guruhlar hamda populyatsiyalarining  taqsimlanish xususiyatlari ochib berilgan;
suvning sifat ko’rsatkichlari ikki pallali mollyuskalarning yoshiga, massasi va chig‘anoqlarining o’zgaruvchanligiga ta’siri baholangan;
suv havzalaridagi 226Ra, 232Th va 40K elementlari izotoplarining mavjudligi suv osti loylarida, suvlarda, mollyuska chig‘anog‘i tarkibida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zarafshon daryosi quyi oqimi ikki pallali (Bivalvia: Unionidae, Corbiculidae) mollyuskalari faunasi va ekologiyasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Zarafshon daryosi quyi oqimida daryo, koʻllar, kanallar va sug‘orish tizimlarida tarqalgan endem va noyob tur sifatida “Qizil kitob”ga kiritilgan Colletopterum bactrianum, Colletopterum cyreum sogdianum, Corbicula cor, Corbicula fluminalis va Corbicula purpurea lar populyatsiyalarining holati, lokalizatsiyasi va ularni muhofaza qilish bo’yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar  Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari amaliyotga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasining 2022-yil 1-dekabrdagi 03-02/7-3416-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv havzalari rejimini tizimli boshqarish orqali lokal hududlardagi ikki pallali molyukalarning endem va noyob turlari tarqalgan biotoplarni saqlash va muhofaza qilish imkonini bergan.
Zarafshon daryosi quyi oqimida tarqalgan Bivalvia: Unionidae va Corbiculidae oilalariga kiruvchi ikki pallali mollyuskalarning toza suvlarda yashovchi katarobli, chashma, buloqlar va ariqlarda katarobli va oligasaparobli, ifloslangan–β mezasaprobli turlar tarqalishi va ularning saparobligi asosida daryo suv ekotizimlarining organik ifloslanganlik darajasini baholash boʻyicha amaliy tavsiyalar I-OT-2019-21-raqamli “Tovar baliq chavaqlarini etishtirishda tabiiy ozuqa bazasi-plankton organizmlarni etishtirish usullari va amaliy ahamiyati” mavzusidagi loyihasida, baliq etishtiriluvchi havzalarning organik ifloslanish darajasini aniqlashda amaliyotga qo’llanilgan. (Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika institutining 2023-yil 11-martdagi 80-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikki pallali mollyuskalar asosida tovar baliq chavaqlarini etishtiradigan turli tipdagi baliqchilik suv havzalari suvining sifatini baholash va organik ifloslanish darajasini nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish