Ochilov Dilshod Muborakbek o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Don mahsulotlari korxonalari va nasos stansiyalarida elektr uskunalar ekspluatatsiya ishonchliligini oshirish”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2112
Ilmiy rahbar: Isaqov Abdusaid Jalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Muratov Xakim Maxmudovich texnika fanlari doktori, professor; Raxmatov Abdugani Djumabekovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  elektr uskunalar diagnostika parametrlarini aniqlash, ishdan chiqish va uning oldini olish holatini bashoratlash va to‘xtab turish vaqtini kamaytirish asosida elektr uskunalardan samarali foydalanish va ishonchliligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr uskunalarning ishdan chiqish omillarini hisobga olgan holda uning texnik holatini baholab nosozlik darajasini aniqlaydigan yangi ekspluatatsiya muddatining foydali ish koeffisientiga ta’siri diagnostik parametri aniqlangan hamda shu asosda diagnostika uslubi ishlab chiqilgan;
elektr uskunalarning ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishdan chiqish omillarining texnik holatni baholovchi diagnostik parametrga o‘zaro bog‘liqligi asoslangan va takomillashtirilgan diagnostika matrisasi ishlab chiqilgan;
elektr uskuna qismlarini qayta tiklash yoki almashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish va ishonchli ehtiyot qismlar zahirasini yaratishni bashoratlashga tizimli yondashuv asosida elektr uskunalarning to‘xtab turish vaqtini kamaytiradigan yangi uslub ishlab chiqilgan;
nosozlikning oldini olishni bashoratlash yordamida energetik uskunalar ekspluatatsiyasi ishonchliligini oshirish va to‘xtab turish vaqtini kamaytirish imkoni eksperimental asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqarish korxonalarida elektr uskunalar ekspluatatsiyasining ishonchliligini oshirish va to‘xtab turish vaqtini kamaytirish imkonini beradigan tizimli yondashuv bo‘yicha olingan natijalar asosida:
elektr uskunalar texnik holatini diagnostika qilish, uning qismlarini qayta tiklash yoki almashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish hamda ishonchli ehtiyot qismlar zahirasini yaratishni bashoratlashga tizimli yondashuvning yangi uslubi bo‘yicha algoritm va dastur ishlab chiqilgan va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasida o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Adliya vazirligining 2023 yil 13 noyabrdagi elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi № DGU 28968 – sonli guvohnomasi).
ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayonlari xususiyatlaridan kelib chiqib elektr uskunalarning ishdan chiqishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash imkonini beradigan ekspluatatsiya muddatining foydali ish koeffisientiga ta’siri diagnostik parametri aniqlangan va elektr uskunalarning ekspluatatsiya ishonchliligini oshirish va to‘xtab turish vaqtini kamaytirish imkonini beradigan tizimli yondashuv ishlab chiqilgan hamda Amu-Qashqadaryo ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi ob’ektlarida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 oktyabrdagi 03/37-3377 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, elektr uskunalar ekspluatatsiya ishonchliligini oshirish va ishdan chiqishini kamaytirishni bashoratlash natijasida elektr uskunalarning to‘xtab turish vaqti 3-4 marta kamayishi va ishonchlilik 7-11% ga oshishiga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish