Nurmurodov Javohir Nurmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zondlashgan geofizik signallarga raqamli ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmualarini yaratish”, 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3083
Ilmiy rahbar: Zaynidinov Xakimjon Nasiridinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Kobilov Anvar Vosilovich, texnika fanlari doktori, professor;
Rahimov Baxtiyar Saidovich,texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xaarning bo‘lak-polinomial bazislarida radiatsion signallarni raqamli ishlash, signallarni simsiz aloqa qurilmalari yordamida tezkor uzatish hamda B-splayn bazislarini neyron tarmoqlarda faollashtiruvchi funksiyasi sifatida qo‘llash natijasida, zondlashgan radiatsion signallarni raqamli ishlash algoritmlarini va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lak-polinomial bazislarida zondlashgan radiatsion geofizik signallarni raqamli ishlash usullari hamda algoritmlari tahlil qilindi va takomillashtirildi
radiatsion signallarni tezkor uzatish uchun simsiz aloqa qurilmalari bilan dasturlar o‘rtasidagi aloqani ta’minlovchi interfeys va algoritmlar ishlab chiqildi;
bir va ikki o‘lchovli radiatsion signallarni raqamli ishlashda faollashtiruvchi funksiyasi sifatida B-splayn bazislarini neyron tarmoqlarlardan qo‘llash algoritmi ishlab chiqildi;
er osti qatlamlaridagi radiatsion signallarning spektral o‘zgarish jarayonini hamda rudalarning joylashgan o‘rnini masofadan vizual aniqlash algoritmi va interfeysi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Radiatsion siganallardan foydalanib, sun’iy intellekt usullari asosida rudalar qatlamlarini aniqlash algoritmlari, signallarni simsiz uzatish qurilmalari va dasturlar o‘rtasidagi aloqasini ta’minlovchi algoritm va strukturasini yaratish hamda ularning dasturiy vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mashinali o‘qitish va takrorlanuvchi neyron tarmoqlar usullaridan foydalanib, zondlash usulida olingan radiatsion geofizik signallarga raqamli ishlov berish hamda er osti boyliklarining joylashgan joyini aniqlovchi algoritmlar va ular asosida yaratilgan dasturiy majmua “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida joriy etilgan. (Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan berilgan 2023-yil 30-yanvar 33-8/6887-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan algoritm va dastur radiatsion ionlashtiruvchi nurlar tarqalishi natijasida hosil bo‘ladigan spektral koeffisientlar va chastota parametrlarini hisobga olish orqali, bu kattaliklarni eksperimenal o‘lchash natijasida olingan natijalarga yaqin bo‘lgan qiymatlarni olish mumkinligini metodik jihatdan tekshirish imkoniyatini yaratadi. Ushbu metodika yordamida er ostida joylashgan foydali radioaktiv rudalar o‘rnini va ularning o‘lchamlarini burg‘ilash ishlarini o‘tkazmay turib aniqlash mumkinligini ko‘rsatadi.
Bu usul asosida olingan dasturiy natijalarni real o‘lchash natijalari qiymatlariga mosligini 20% ga oshirish mumkin.
radiatsion hududlarda signallarni yig‘uvchi qurilmalardan olingan ma’lumotlarni tezkor uzatish uchun simsiz aloqa texnologiyalarining NRF24L01 moduli asosida (Robotics lab future technology company mchj) ning “Aviamodellarni loyihalash va uchuvchisiz uchish apparatlarini rivojlantirish” laboratoriyasida eksperement natijalar o‘tkazildi, bunda qurilmaning ma’lumotlarni uzatish tezligi va radiatsion signalning chastota parametrlari diapazoni moslashtirildi hamda qurilma ishlashi uchun ishlab chiqilgan struktura va algoritm yordamida radiatsion signallarni uzatish, qabul qilish va yig‘ish xatoligi 20-24% ga yaxshilandi.