Raximova Nozima Baxtiyorovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): "Quruq issiq iqlim sharoitida energiyasamarali fuqaro binolari tomlari", 05.09.01 - “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T4014.
Ilmiy rahbar: Shipacheva Elena Vladimirovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Akramov Xusniddin Axrorovich, texnika fanlari doktori, professor;
Shukurov Gayrat, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax Politexnika Instituti.
Dissertatsiya yo’nalishi. Texnika yo’nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quruq issiq iqlim sharoitida chordoq xonasidagi havo haroratini hisoblash uslubini takomillashtirish asosida yuqori darajali issiqlikdan saqlash xususiyatiga ega, texnologik va ekspluatatsiyada ishonchli bo‘lgan energiya samarador fuqaro binolari tomini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashqi muhitni binoning issiqlik-massa almashinuviga ta'sirini o‘rganish asosida, atrof-muhitning samarali radiatsion harorati minus 30 0S dan plyus 90 0 C gacha oralig‘idagi tashqi havo va grunt haroratining funksiyasi sifatida ilmiy asoslangan va nazariy jihatdan aniqlangan;
tavsiya etilgan bog‘liqlikdan foydalangan holda raqamli hisobiashlar natijasida, chordoqda havo harakatining berilgan tezligini ta'minlovchi tom qiyaligining qiymati ilmiy asoslangan va nazariy jihatdan aniqlangan;
tom konstruksiyasida akslantiruvchi tom qoplamasi materiallari, suvli kyuveta va tom ostidagi shamollatish tuyniklaridan foydalangan holda, issiqlik-massa almashinuvi nazariyasiga asoslanib, chordoq xonasining harorat-namlik rejimini tavsiflovchi matematik modellar ishlab chiqilgan;
chordoq xonasining harorat-namlik rejimlarini tahlil qilish asosida fuqaro binolarining tom konstruksiyalarini loyihalash va samaradorligini baholash uchun metodika ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning quruq issiq iqlim sharoitida fuqaro binolari tomlari konstruksiyalarining issiqlik rejimlarini hisoblash uslublarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
tomlarni loyihalashda "To‘rt qavatli ofis binosi kompleks konstruksiyalarda" (TP 114-52S-17/5u) va"To‘rt qavatli ofis" "PRO UNITI GROUP" MChJda,"Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Yangi Toshkent er uchastkasida joylashgan loyihalash uchun ofis binosi" va "Toshkent shahar Yashnaobod tumanidagi O‘zbekiston Respublika Markaziy saylov komissiyasi binosi"OA "Trest -12" loyiha guruhida, tomlarni loyihalash echimlarini baholashda"O‘zog‘irsanoatloyiha" AJda, tomlarini loyihalashda fuqaro binosi tomining konstruksiyasi samaradorligini baholash va loyihalash metodologiyasidan foydalanildi, “Chordoq osti xonasining harorat-namlik rejimini hisoblash” hisoblash dasturi orqali amalga oshirilgan bo‘lib, u chordoq xonasining harorat-namlik rejimini tavsiflovchi matematik modellar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, samarali radiatsiya harorati va tomning nishablik burchagi hisobga oladi (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 02.06.2023 yildagi 08-06/5187-sonli ma'lumotnomasi). Natijada tomni loyihalash vaqti 1,5 baravarga, ekspluatatsiya energiya sarfi 16% qisqardi, umumiy iqtisodiy samarasi 202 mln.213 ming so‘mni tashkil etdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish