Tursunaliev Ilhomjon Axmedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimini pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4871.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Raximov Vladimir Shavkatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarni uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimini pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarni uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimini pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyatlari jamiyatning aholini sport-sog‘lomlashtirish ehtiyojlariga mos differensiyalashtirilgan aksiologik, variativlik, akmeologik tamoyillarning sport ta’lim va trenerlik faoliyati bilan uzviyligini uyg‘un ta’minlash hamda tinglovchilarning professional portretini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarni uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimini pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish  jarayoni progressiv ko‘p bosqichli «variativ-pog‘onali yondashuv»lar hamda onlayn, oflayn shakldagi uzluksiz kasbiy rivojlantirish dasturlarini ta’lim jarayoniga erkin qo‘llashga qaratilgan muqobil ta’lim muhitini yaratish asosida takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarni uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimini pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligi bog‘cha instruktori, maktab fan o‘qituvchisi, trener-o‘qituvchi, instruktor-metodist, sport psixologida shakllantiriladigan sport turlari bo‘yicha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni «XXI asr kompetensiyalari»ga intensiv integratsiyalash, jismoniy madaniyat hamda sport zaxirasini tayyorlash bosqichlaridagi o‘quv-trenerovka, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga variativlik yondashuv asosida takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarni uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimini pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish modeli instruktor, fan o‘qituvchisi, trenerlar kasbiy, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishining androgogik mezonlariga moslashgan «Life-Long Learning» tamoyilini sport pedagogik faoliyatiga izchil transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimini pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarni uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimini pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyatlari jamiyatning aholini sport-sog‘lomlashtirish ehtiyojlariga mos differensiyalashtirilgan aksiologik, variativlik, akmeologik tamoyillarning sport ta’lim va trenerlik faoliyati bilan uzviyligini uyg‘un ta’minlash hamda tinglovchilarning professional portretini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar «Jismoniy tarbiya va sport» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-son buyrug‘i). Natijada jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimini pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishning falsafiy, pedagogik va psixologik jihatlarini tahlil etishga imkon yaratilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarni uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimini pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish  jarayoni progressiv ko‘p bosqichli «variativ-pog‘onali yondashuv»lar hamda onlayn, oflayn shakldagi uzluksiz kasbiy rivojlantirish dasturlarini ta’lim jarayoniga erkin qo‘llashga qaratilgan muqobil ta’lim muhitini yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Jismoniy tarbiya va sport» nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-son buyrug‘i). Natijada jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish tizimiga ko‘p bosqichli «variativ-pog‘onali yondashuv» texnologiyalarni tatbiq etishning innovatsion-didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarni uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimini pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligi bog‘cha instruktori, maktab fan o‘qituvchisi, trener-o‘qituvchi, instruktor-metodist, sport psixologida shakllantiriladigan sport turlari bo‘yicha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni «XXI asr kompetensiyalari»ga intensiv integratsiyalash, jismoniy madaniyat hamda sport zaxirasini tayyorlash bosqichlaridagi o‘quv-trenerovka, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga variativlik yondashuv asosida takomillashtirishga doir takliflar «Sport ta’limi sifatini oshirishda xorijiy tajribalar» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 20-apreldagi 01/501-A/F-son buyrug‘i). Natijada jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari uzluksiz kasbiy malakasini oshirish tizimining pedagogik-integratsion mexanizmlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarni uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimini pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish modeli instruktor, fan o‘qituvchisi, trenerlar kasbiy, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishining androgogik mezonlariga moslashgan «Life-Long Learning» tamoyilini sport pedagogik faoliyatiga izchil transformatsiyalash asosida takomillashtirishga doir takliflar «Sport ta’limi sifatini oshirishda xorijiy tajribalar» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 20-apreldagi 01/501-A/F-son buyrug‘i). Natijada variativlik yondashuvi asosida jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari malakasini oshirish tizimining funksional pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish